Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Paxtakor-79»ni xotirlab. Mixail An

«Paxtakor-79»ni xotirlab. Mixail An

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" uchun mash’um aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan futbolchilarini yodga olamiz.

Mixail An 1952 yil Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov jamoa xo‘jaligida dunyoga kelgan. Uning akasi Dmitriy "Paxtakor" va "Politotdel" jamoalari sharafini himoya qilgan. Shu sababli Mixail uchun futbol begona bo‘lmagan muhit sanalardi.

O‘smirligidayoq barchaning e’tiboriga tushgan An 1970 yilda "Politotdel" asosiy tarkibiga jalb etildi. 1971 yilning ikkinchi davrasidan uning "Paxtakor"dagi faoliyati boshlandi. Ilk uchrashuvini mahoratli yarim himoyachi 23 avgust kuni Toshkentda "Dinamo" Tbilisiga qarshi kechgan bellashuvda o‘tkazgan. O‘sha bahsda jamoamiz 5:1 hisobida zafar quchgan. Aynan o‘sha mavsumdan yarim himoyada An, Fyodorov, Varyuxin, Abduraimov va Xadzipanagis hukmronligi boshlangandi. Ular raqib himoyasini o‘ta murakkab ahvolga tushirib qo‘yishgan.

1974 yilgi mavsumda u oliy ligada 11 gol muallifiga aylanib, chempionatning eng yaxshi 33 futbolchisi ro‘yxatidan o‘rin olgan. O‘sha yili "Qayrat" darvozasiga kiritgan uch to‘pi muxlislar yodida qolgan. Shuningdek, 1975 yil "Dinamo" Kiyevga qarshi ajoyib bahsda u dubl qayd etgan.

1974 yil SSSR terma jamoasidan taklif olib, sentyabrda "Roma"ga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik bahsida qatnashgan. 1978 yil esa Eron bilan Tehrondagi o‘rtoqlik o‘yini va Turkiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashgan. 1979 yil ikkinchi terma jamoa tarkibida Meksika va AQSH termalari bilan to‘qnashuvlarda to‘p kiritgan.

1976 yil SSSR yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan. O‘sha jamoada u sardorlik vazifasini ham bajargan. Afsuski, 1979 yil ro‘y bergan aviahalokat sababli Mixail An hayotdan ko‘z yumgan.

"Paxtakor" safida u chempionat bellashuvlarida 232 o‘yinda 47 gol muallifiga aylangan.

2006 yil Mixail An o‘limidan so‘ng "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Mixail Anning o‘g‘li Dmitriy An "Paxtakor" futbol akademiyasida murabbiylik qilib, bo‘lajak futbolchilarga millionlar o‘yini sirlarini o‘rgatmoqda. Demak, Anlar oilasi hamon "Paxtakor" va futbol bilan birga.

Manba: Пахтакор расмий телеграм саҳифаси
Kiritildi: 16:47, 10.07.2019.
O'qildi: 2987 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик