Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Bahodir Nasimov: “Navbahor”dan yoqimli xotiralar qoldi”

Bahodir Nasimov: “Navbahor”dan yoqimli xotiralar qoldi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Jamoamizning tajribali hujumchisi Bahodir Nasimov kuni kecha “Navbahor” safini tark etdi. “Lochinlar” tarkibini tark etish arafasida tajribali futbolchi klubimiz rasmiy veb-sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

- “Navbahor” mamlakatimiz va Osiyo futbolida o‘z o‘rniga ega klublardan biri hisoblanadi. Shu sababli, joriy mavsum arafasida namanganliklar tarkibiga yaxshi niyatlar bilan qo‘shilgandim. Ammo jamoa asosan bir hujumchi bilan harakat qilganligi bois, Coca Cola Superliga bahslarida boshlang‘ich tarkibda harakat qilgan rossiyalik futbolchi Aleksandr Kasyanning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdim. Biroq shu yoshimda menga zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish yarashmaydi.

Shu sababli, yozgi transfer “darchasi” paytida o‘zimga boshqa jamoa topishga qaror qildim. Ushbu masalada klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi bilan gaplashdim va ular meni to‘g‘ri tushunib, keyingi faoliyatimda omad tilashdi.

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, “Navbahor”ni yoqimli xotiralar bilan tark etyapman. Fursatdan foydalanib, jamoamizga yaxshi sharoitlarni yaratib berayotgan hamda meni qo‘llab-quvvatlagan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbayevich Bozarov, shuningdek, klub rahbariyati va muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoa bu yil o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishib, sovrindorlar qatoridan joy olishi hamda O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lishiga tilakdoshman.

“Navbahor”ga 2-davra bahslarida omad yor bo‘lishini tilayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:24, 11.07.2019.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик