Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Xurshid Tojiboyev: “Bu yilgi bahslar shiddatli kechmoqda”

Xurshid Tojiboyev: “Bu yilgi bahslar shiddatli kechmoqda”

Baho:
+ | -

Superliga klublari qoshida futzal jamoalari ham faoliyat yuritadi. Ayni paytgacha futzal bo‘yicha XXIII O‘zbekiston chempionatida birinchi bosqichning 6ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi va jamoalar avgustga qadar tanaffusga chiqishdi. “Navbahor” futzal jamoasi birinchi bosqichni 6-o‘rinda yakunladi.

Namanganliklar o‘tkazilgan 16ta o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozonib, 2ta bahsda durangga imzo chekishdi va 7ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashdi. Futzal jamoamizning to‘plar nisbati: 52:64ni, ochkosi esa 23 tani tashkil etmoqda.

Biz - “Navbahor” futzal jamoasi bosh murabbiyi Xurshid Tojiboyev bilan futzalchilarimizning joriy mavsumdagi ishtiroki borasida klubimizning rasmiy veb-sayti uchun maxsus suhbat uyushtirdik.

- Futzal bo‘yicha O‘zbekiston XXIII chempionatining birinchi bosqich bahslari o‘z yakuniga yetdi. Futzal jamoamizning joriy mavsumdagi ishtiroki xususida nima deya olasiz?

- Futzal bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tgan yilgidan farqli o‘laroq, bu yil hududiy tarzda o‘tkazilmoqda. Har bir turdan 3 yoki 4 tadan o‘yinlar o‘rin olgan. Tur o‘yinlari Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi hamda Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida o‘tkazildi. Albatta, uchrashuvlarning hududiy tarzda o‘tkazilishi futzal jamoalari uchun moliyaviy tarafdan ancha qulay bo‘ldi.

Shuningdek, bahslar ham o‘tgan yilga qaraganda, ancha keskin kurashlar ostida va shiddatli tarzda kechmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy mavsum arafasida amalga oshirilgan seleksiya ishlari, o‘z samarasini bermoqda. “Navbahor” tajriba va yoshlik shijoatini uyg‘unlashtirgan holda, o‘yin namoyish etyapti.

Birinchi bosqich bahslarini 6-o‘rinda yakunlaganimizni har holda, ijobiy natija deb bilaman.
- Ortda qolgan o‘yinlardan qaysinisi sizda ijobiy taassurot qoldirdi?

- Ta’kidlaganimdek, joriy mavsum bahslari ancha shiddatli kechmoqda. Albatta,
2-3ta yetakchilar, jumladan, AGMK, “Paxtakor” va “Lokomotiv”ni hisobga olmasa, qolgan jamoalarning kuchi deyarli teng. Jumladan, shogirdlarim “So‘g‘diyona” (2:1), “Dinamo” (4:3), “Bunyodkor” (5:3, 3:2), “Metallurg” (5:2), “Buxoro” (5:1) hamda “Neftchi” (8:3) jamoalariga qarshi kechgan bahslarda ajoyib o‘yin namoyish etib, o‘sha bahslarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayni paytda turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turgan “Nasaf” bilan jangovar 3:3 hisobidagi durangga erishishdi. Mazkur bahslar menda yaxshi taassurot qoldirdi.

O‘z navbatida aytish joizki, aynan ajoyib o‘yinlari evaziga jamoamizning 3 nafar futzalchisi – himoyachi Isoxon Ibragimov, hujumchilar Husanxon G‘aniyev hamda Ahmadxon Mamadaliyev Bahodir Ahmedov murabbiylik qilayotgan, futzal bo‘yicha Osiyo chempionati – 2020 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi yig‘iniga chaqirilishdi va ayni paytda yig‘inda ishtirok etishmoqda.

Albatta, futzal jamoamizning ushbu muvaffaqiyati, shu jumladan, 3 nafar shogirdimning O‘zbekiston futzal jamoasiga jalb etilishida jamoamizga qulay shart-sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbayevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Baxtiyor Isakdjanovich Usmanovlarning munosib hissalari bor. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz ularning ishonchlarini oqlab, joriy mavsumda kuchli beshlikdan joy olish uchun kurash olib boramiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:20, 12.07.2019.
O'qildi: 4318 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.