Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

“O‘zbekcha derbi”da Hikmatilloh To‘rayev ustun keldi

“O‘zbekcha derbi”da Hikmatilloh To‘rayev ustun keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni ham o‘z yakuniga yetib bormoqda. Xabar berganimizdek, ushbu kun doirasida ikki o‘zbekistonlik dzyudochi bronza medali uchun o‘zaro raqib bo‘lishdi.

-73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan vakillarimiz Hikmatilloh To‘rayev va G‘iyosjon Boboyev bahsi ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi. Murosasiz kechgan bellashuv yakunida To‘rayevning qo‘li baland keldi. Ushbu natija bilan Hikmatilloh 350, G‘iyosjon esa 252 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.

Shu tariqa terma jamaomizning Budapesht Gran-prisida qo‘lga kiritgan medallari hozircha 2 ta bronzani tashkil qilmoqda. Ertaga bo‘lib o‘tadigan og‘ir vaznli polvonlar bahsida ham 5 nafar vakilimiz kurash olib borishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:26, 14.07.2019.
O'qildi: 1509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.