Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Joze Mourino Klopp va Gvardiola haqida nimalar dedi

Joze Mourino Klopp va Gvardiola haqida nimalar dedi

Baho:
+ | -

«L'E Quipe» nashri jurnalisti portugaliyalik futbol mutaxassisi bilan ajoyib suhbat qurdi.Unda bir nechta qiziqarli savollarga javob bergan «Benazir» o‘zining kelajak rejalari borasida ham o‘rtoqlashib o‘tdi.

Yurgen Klopp yakunlangan mavsumning so‘nggi o‘yinida uzoq kutilgan YECHL musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Bunday yutuqni ilk bor qo‘lga kiritganda odam qanday hislarni tuyushi haqida so‘zlab bersangiz

-  Yurgen tashqaridan g‘alatiroq ko‘ringani bilan, aslida juda aqlli inson (kuladi)… Bilasizmi, bu shunday tuyg‘uki, u sen bilan bir umrga qoladi. Huddi uni miyang o‘z xotirasiga yozib olayotgandek, huddi bir lahza ham yodingdan ko‘tarilib ketmagandek tuyuladi. Shaxsan men o‘z finallarimni shunday esalayman. Ular mening miyamda saqlanib qolgan. Istalgan daqiqada uni xotirlay olaman. Afsuski, finallarni boy bergan chog‘ingda ham shunday bo‘ladi. O‘ylashimcha, Yurgenning qattiq diskida hamma final haqidagi hamma ma’lumotlar saqlanib qolingan. O‘ylashimcha, bu g‘alaba uchun Klopp hammadan ko‘proq haqli edi.

«Manchester Yunayted»dagi muammolar hal etildimi?

Mening davrimda muammolarning boshi sifatida Pogba ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida unday emas. Butun boshli tizim noto‘g‘ri ishlamoqda. Mening Marsial bilan janjalimni asl sababini ko‘pchilik bilmasligi turgan gap. Men uni yanada kuchliroq va keskinroq bo‘lishini istagan edim, xolos. U juda iqtidorli futbolchi, biroq o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmagani uchungina tanqid qildim. «Real Madrid»da ishlagan davrlarimda Karim bilan ham shunday suhbatlar bo‘lib turar edi. Men unga «sen qotil bo‘lishing va yarimta imkoniyatni ham golga aylantira bilishing zarur» deb ko‘p bor uqtirgan bo‘lsamda, biror marotaba janjallashmagan edim…

YECHLdagi omadsizlikdan so‘ng «PSJ» jamoasi yangi murabbiy izlamoqchi edi. Agarda Parij klubi sizga taklif bilan chiqsa, bu taklifni qabul etgan bo‘larmidingiz?

-  Birinchidan murabbiyi bor klubni boshqarib bo‘lmaydi. Klub haqida fikrim ijobiy. Ajoyib futbolchilar jamlangan bo‘lsada, klub katta mashtabdagi musobaqalarda g‘olib bo‘la olmayapti. Sen kuchli murabbiy bo‘lsangda, biror mavsum so‘ngida birorta sovrinni qo‘lga kirita olmasang, bilginki, bir yil umring bekorga ketibdi. «PSJ» «Bavariya» va «Yuventus» singari har mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritadi. Biroq klub yevropaning grand klublaridan biroz ortda qolmoqda.

Zamonaviy futbolchilar haqida nima deya olasiz? Yangi avlod futbolchilari haqidachi?

-  Endilikda murabbiylar 20 yil avvalgi paytlardagidek o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilar bilan 20 yoki 30 daqiqa qolib suhbat qura olmaydi. Futbolchilarning qo‘llaridagi telefon va gadjetlar ularni to‘liq o‘zlariga mahliyo qilib ulgurgan. Avvalari o‘yinlardan so‘ng yigitlar bilan uzoq suhbatlar qurar edik. Bu jamoaviy o‘yin uchun juda muhim omil edi.  Afsuski, hozirgi futbolchilarning e’tibori maydondan ko‘ra ijtimoiy tarmoqlardagi suratlariga qaratilgan. Ular o‘zlarining asl vazifalarini tobora unutib bormoqdalar. Hozir futbolchilar o‘z huquqlarini talab qilishadi. Biz ham ularga uy vazifa berishga va muxlislar oldidagi burchlarini tushuntirishga urunishimiz zarur

Klopp va Pochetino haqida nimalar deya olasiz?

-  Ularning ikkisida ham ajoyib reja bor va bu murabbiylar kuchli klublarni boshqarib kelishmoqda. Ko‘pchilik Pochetinoni transferlarsiz g‘alaba qozonib kelmoqda deya bong urmoqda. U o‘zi qanday sovrinni qo‘lga kiritdi? O‘z kariyerasi davomida birorta kubokni boshi uzra ko‘tardimi? Men Pochetinoning mehnatini hurmat qilaman, lekin YECHL finalida «Liverpul» biroz kuchliroq edi.

Gvardiola sovrinlar borasida sizdan o‘zib ketdi. Bunga qanday fikr bildirasiz?


-  Bu meni yaralaydi deb o‘ylaganlar adashadi (kuladi). Menda 25 ta sovrin bo‘lsada, agarda «Inter» va «Porto»da yana bir mavsum davomida ishlaganimda bormi?! Mening sovrinlarim 30 tadan oshib ketgan bo‘lar edi. Qanday qilib deysizmi? Men ikki bor mamlakat super kubogida va 2 bor UEFA super kubogida ishtirok etishim va chempion bo‘lishim mumkin edi. Bundan tashqari, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ham ikki bor zafar quchish menga nasib etgan bo‘lar edi. Afsuski, bu sovrinlar haqida faqat eslashgina mumkin, xolos.

Siz ishlagan klublarda 3-mavsumga kelib muammolar paydo bo‘ladi. Bu haqida fikringiz

-  «Chelsi»da ichki birinchilikda «Manchester Yunayted»dan so‘ng ikkinchi pog‘onada edim. YECHLda esa  penaltilar seriyasidagina «Liverpul»ga imkoniyatni boy berib yarim final bosqichiga qadar yetib keldim. Bundan tashqari, biz kubok va «Liga kubok» musobaqalarida zafar quchgan edik. 3 - mavsum uchun ajoyib natija.

«Real Madrid»da ham 3-mavsumga kelib YECHLda yarim final, qirol kubogida 2-o‘rin, va «La Liga»da kumush medallarga ega chiqqan edim. Bir qarashda qo‘rqinchili xolat emas.
«Manchester Yunyted»da esa YECHLdagi  juda qiyin guruhdan chiqishni uddaladik, biroq APLdagi natijalarimiz qoniqarsiz edi. Ba’zan futbolchilarning o‘yini keskin tushib ketadi. Bu ularga juda katta yuklamalar berilgani bilan bog‘liq desam, adashmagan bo‘laman. Ko‘pchilik meni futbolchilarning suvini siqib ichadi deb o‘ylaydi. Bilasizmi, agarda klub men kabi murabbiylarni oxirigacha qo‘llab tursagina uzoq yillik barqarorlikka erishadi. Agarda futbolchilarga o‘z so‘zingni o‘tkaza olmasang, ular oldida o‘z hurmatingni yo‘qotasan va ertaga ularning hech biri senga bo‘ysunmay qo‘yadi. Bunday voqea yuz bermasligi uchun klub va murabbiy futbolchilarni erkalatib yubormasligi va ulardan o‘z ustida ishlashda davom etishini talab qilishi lozim. «Manchester Yunayted»da ishlagan davrlarimda bir futbolchi oldimga kelib «meni tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz hech kim  yo‘g‘ida qiling, sizning tanqidlaringiz mening obro‘yimni to‘kmoqda»,- dedi! To‘g‘risi, biroz jim bo‘lib qoldim. Men futbolchilarimni aka-ukadek yaqin bo‘lishini, o‘zim esa ular uchun otalaridek mehribon bo‘lishni xohlayman. Men uchun klub bir oiladek gap. Oilada esa, har qanday maommo hamma jamlangandagina hal etiladi. Afsuski, futbolchilar bunday o‘ylamay qo‘ydi!

Я . У

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:14, 13.07.2019.
O'qildi: 7413 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.