Ushbu rukndagi eng qaynoq yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Konte tartib o‘rnatishni boshladi
«Inter» klubi rahbarlari jamoaning yangi murabbiyi Antonio Konteni to‘liq qo‘llab- quvvatlashani e’lon qildi.
Gap shundaki, murabbiy va klubning ikki yulduz futbolchilari o‘rsatisidagi nizo hal etilganicha yo‘q. Naingolan ichki muhitga va Kontening tatkik ko‘rsatmalariga bo‘y sunmayotgan bo‘lsa, Ikardi yangi shartnoma tuzishlarini talab qilmoqda. Konte esa, ularni sotib yuborish tarafdori.
Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, bugun Konte ularni Shvetsariyada bo‘lib o‘tayotgan yig‘inlar chog‘idagi maxsus taktika darsiga kirishlarini istamadi. Konte bu ikki futbolchini boshqa klub a’zolari deb hisoblashini va ularga hech narsa o‘rgatmoqchi emasligini oshkora e’lon qildi.
Bu voqeadan so‘ng Ikardi ortga qaytib ketdi va hozir Milan shahrida yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Konte uni o‘zi bilan Osiyoda bo‘ladigan musobaqaga olib ketmasligi ham aniq bo‘lib ulgurdi.
Hozirda Ikardi borasida birorta klubdan rasmiy taklif tushganicha yo‘q. Bundan bir yil muqaddam «Manchester Yunayted» futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan edi.
Iguain «Yuventus»ni ham zaharlamoqchi
Argentinalik hujumchi «Chelsi»dagi ijarasi yakunlangach, ortga qaytdi. Turin klubi uni sotib yubormoqchi ekanligidan xabar topgach esa, o‘z agentini ishga soldi va u yordamida jamoada qolish uchun hamma ishga tayyor ekanligini bildirdi. Bir so‘z bilan aytganda omadsiz argentinalik futbolchi «Yuventus» hujumchilaridan birning o‘rnini egallamoqchi. Bechora klub esa, uni sotib yuborishga qancha urunsada, buni uddalay olmayapti. Turin klubi o‘zining yangi yulduzlaridan biri Moyze Kingni sotib yuborishdan boshqa chora topa olmaydigan ko‘rinadi. Iguain tashqaridan bo‘layotgan bosimga qarmasdan, Sarrini «Yuventus»da hayratda qoldirishiga ishonmoqda. King esa, klubdan ketadigan bo‘lsa, «Inter»ga o‘tmoqchi ekanligini bildirdi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Xedira uchun xaridor topildi
Turin klubi markaziy yarim himoyachisi Sami Xedira shu kunlarda boshqa klubga o‘tishi aniqlashib bormoqda. Hozirda futbolchi uchun Turkiyaning ikki grand klublari da’vogarlik qilmoqda. «Le gazetta della sport» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi «Fenerbahche» klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan bo‘lib, shu kunlarda transfer borasida rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
«Yuventus» klubi Remziy va Rabiolarni harid qilgach, Xedira borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Futbolchining o‘zi esa boshqa klub safiga o‘tishga qarshi emas. U sport formasini saqlab qolish uchun boshqa chempionatda bo‘lsada, to‘p surishga rozi.
«Atalanta» ukrainalik futbolchini harid qilmoqchi
Belgiyaning «Genk» klubidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning e’tiborini qozongan ukarinalik Ruslan Malinovskiy «Atalanta» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar futbolchining transfer summasi borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, Italiya klubi 15 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari turli bonuslar ham «Genk»ni keyinchalik pul ishlab olishiga imkon yaratadi.
Ruslan Malinovskiy yankunlangan mavsumda 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 13 bor ishg‘ol qildi. Bundan tashqari uning hisobida 11ta golli uzatma mavjud.
Everton uchun kurashda «Milan» g‘olib
«Gremio» klubi hujumchisi Everton yakunlangan «Kopa Amerika» musobaqasidan so‘ng mashxurlikka erishdi. Uning transfer qiymati ham juda tez fursatda o‘sib ketganidan xabaringiz bor. Endilikda futbolchi uchun bir nechta klublar qiziqish bildirayotgan bo‘lsada, uning o‘zi «Milan» safida to‘p surmoqchi ekanligini e’lon qildi. Hozirda «Gremio» va «Milan» o‘rtasidagi muzokaralar o‘z yakuniga yaqinlashmoqda. Unga ko‘ra Italiya klubi braziliyalik futbolchi uchun 40 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. «Milan» mutasaddilari bu pulning bir necha foizini bonus tariqasida berishni istamoqda. Gremio esa bunga qarshi. Bir so‘z bilan aytganda tez orada Everton «Milan» futbolchisiga aylanadi.