Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Neymar bilan qiziqarli intervyu

Neymar bilan qiziqarli intervyu

Baho:
+ | -

Shu kunlarda «Neymar Junior» hayriya fondi tomonidan uyushtirilayotgan katta futbol shousida ishtirok etish uchun Braziliyada bo‘lib turgan Neymar, jurnalistlarni qiziqtirgan bir nechta savollarga javob berdi. Bugun kichik intervyuni sizlar uchun tarjima qildik.

Butun boshli kariyerang davomida eng esda qolarli g‘alaba qaysi?

-  Darhaqiqat, har qanday futbolchining bitta ajoyib o‘yini bo‘ladi. Menda bunday uchrashuvlardan bir emas ikkita. Birinchisi yurtimda bo‘lgan olimpiyada finalidagi g‘alabamiz bo‘lsa, ikkinchisi «PSJ»  ustidan 6 : 1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinim. Tan olish lozim, bu ikki uchrashuvdan so‘ng anchagacha tunlari uxlay olmaganman.

Qaysi klub safida o‘zingni oilaning a’zosidek his qilasan?

-  To‘g‘risini aytsam, hamma klublarimda meni yaxshi ko‘rishgan va hurmat qilishgan. Men ham iloji boricha hech kimni hafa qilmaslikka urunaman. Shunday bo‘lsada, «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alabadan song «Barselona» kiyinish xonasidagi atmosferani alohida aytib o‘tishni istagan bo‘lar edim. Bilasizmi, sizning jamoangiz har uchrashuvda ham raqiblar darvozasiga 6 gol kirita olmaydi. O‘sha kuni yigitlar bilan tonggacha bayram qilgan edik. Hamma-hammamiz bir oiladek g‘alabani birga nishonlagan edik.

Ko‘rinib turibdiki, «Barselona»ga bo‘lgan mehring bo‘lakcha.  Agarda bu mavsumda Kataloniya klubi seni harid qilmasa, qanday yo‘l tutasan?

-  Mening «Barsa»ga qaytishni istayotganim haqiqat. Agarda bu transfer amalga oshmasa, men «PSJ» jamoasida to‘p surayotganimdan g‘ururlanishda davom etaman. Parij meni doim o‘ziga mahliyo qilgan shahar. Bu yerdagi hamma shariotlar meni yuz foiz qoniqtiradi. Shunchaki, «Barselona» mening uyim va inson o‘z uyi tomon doim intiladi. Bu odatiy hol. Bundan falokat yasashning xojati yo‘q.  Mening uyga qaytishni istaganim «PSJ» klubida yomon insonlar ish yuritadi degani emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:59, 14.07.2019.
O'qildi: 7875 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик