Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Luis Suarez hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi 2-qism

Luis Suarez hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi 2-qism

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Va’da qilinganidek Intervyuning ikkinchisi qismini e’tiboringizga havola etamiz.

Italiya terma jamosiga qarshi uchrashuv va himoyachini tishlab olganing haqida to‘xtalib o‘tsang…

To‘g‘risi, bu haqida juda ko‘p so‘rashgan bo‘lsada ,  sira javob berishni istamayman. O‘sha pallada nima bo‘lganini tushuna olmay qoldim. Bir lahzaga hammasi yodimdan ko‘tarilib ketdi. Eng achinarlisi oradan 10 daqiqa o‘tib biz hisobni ochgan bo‘lsakda, men quvona olmadim. Hayolimda faqat va faqat qilgan ishimning ta’siri qanday bo‘lishi charx urayotgan edi. Menga o‘sha uchrashuvdagi g‘alaba tatimadi. O‘yindan so‘ng bizni muxlislarimiz qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi. Albatta, biz dunyoning ikki grand terma jamoalarini guruhda qoldirib keyingi bosqichga chiqqan edik. O‘yindan so‘ng ayolim bilan suhbatlashdim. U menga «nimalar qilib qo‘yding?»,- deya g‘alati qaradi. Tan olish lozim, avvaliga sira o‘zimni kechira olmadim. «Yo‘q, men hech narsa qilmadim»,- degancha yig‘lab yubordim. Kiyinish xonasidagi yigitlar tinimsiz qo‘l telefonlari orqali voqea atrofidagi gap-so‘zlarni havotir bilan o‘qishga tushib ketishdi. Men esa indamay jim o‘tirar edim. Bilasizmi, qilib qo‘ygan ishim uchun juda qattiq afsus cheksamgina shunday xolatga tushib qolaman.

JCH arafasida sen «Barselona» bilan muzokaralarni boshlagan eding. Bu voqea yangi klubga o‘tishingga o‘z  ta’sirini  o‘tkazishidan cho‘chimadingmi?

Ha albatta, biz muzokaralarni boshlagan chog‘imizda mundialga oz fursat qolayotgan edi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng  meni kuchli qo‘rquv qamrab oldi. Nahotki orzuyimga bir qadam qolganida qoqilsam?
Ertasi kuniyoq meni JCH uchrashuvlaridan chetlatishdi. O‘sha kuni kechgacha huddi ahmoqlardek ko‘chada yurdim. So‘ng tunda «Barselona»sport  direktoriga qo‘ng‘iroq qilib klub meni sotib olish fikridan qaytmadimi deb so‘radim. Bunga ishonish qiyin bo‘lsada, hammasi shunday bo‘lgan. Go‘shakdan mehribon ovoz qo‘rqmasligimni va ular meni harid qilish fikridan qaytmaganini aytganida o‘zimi tutib tura olmadim. O‘sha kuni turmush o‘rtog‘im ikkimiz rosa ko‘z yosh to‘kkan edik. Men ko‘zlarimda yosh bilan faqat bir so‘zni qaytarar edim – «Ular meni qabul qilishdi! Ular meni qabul qilishdi!»
Shunchalar katta xato qilgan bo‘lsamda ular menga ishonishda davom etishdi va meni jamoa safiga qo‘shib olishdi. «Barsa» meni juda iliq kutib oldi va o‘z mehrini ayamadi. Men bu kunlarni sira unutmayman.

«Barselona» yigitlari juda inoq degan gaplarni ko‘p eshitganmiz. Ho‘sh sizlarda futbolchilarni laqab bilan chaqirish mumkinmi?

(kuladi) Ochig‘Ini aytsam, shunaqasi bo‘lib turadi. Men yigitlarning laqablarini sizlarga ayta olmayman. Bu jamoadoshlarimga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi.
Unday bo‘lsa, o‘zingni laqabing haqida ?
(kuladi) Shunaqayam yoqimsiz savol bo‘ladimi?! Mayli, yaxshisi o‘zim haqimda aytaman. Meni jamoada Leo va Pike ba’zan baqaloq deb chaqirishadi. Bu laqabni klubdagi yosh o‘yinchilar aytishga jurat eta olishmaydi. Faqatgina do‘stlarim yaqin olib hazil qilishlari mumkin. Aks xolda, meni jaxlim tez (kuladi)

Urugvayni bir necha yillardan beri Oskar Tabarez boshqarib kelmoqda. Uning g‘alabalarining  siri nimada?

U deyarli 10 yildan beri terma jamoamizni boshqarib kelmoqda. Maestroning jamoamiz uchun qilgan ishlari tahsinga sazovor. Uni bizda shunday atashadi. Urugvay xalqi uchun maestro chinakam qaxramon. Futbolchilar uning har bir so‘zini qonundek qabul qilishadi. Ayniqsa, yosh futbolchilar u bilan soatlab so‘zlashib o‘tirishni yoqtirishadi. Uning atrofidagi hamma nimadir o‘rganish ilinjida. Shaxsan mening fikrimcha u Urugvaydagi eng hurmatga loyiq inson. Bizda terma jamoa yomon uchrashuv o‘tkazsa hech kim uni tanqid qilmaydi. Hech  kim u haqida maqola yozmaydi. Shunchaki, birlashib muammoni hal qilishga urunishadi.
Maestro meni o‘spirin chog‘imdan boshlab tarbiyalab futbolchi qilib yetishtirdi. Har bir transferimdan avval men bilan maslaxatlashadi. Ayniqsa, 2014-yildagi mundialdagi ko‘ngilsizlikdan so‘ng mening chetlatilishimni biroz qisqartirish uchun FIFA hodimlari bilan uchrashganida unga rad javobini berishgach, shu tashkilotdagi mansabdor o‘rnini topshirib yubordi va boshqa FIFA qo‘mitasida ishlamadi. Bu hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lsada, mening ko‘nglimni tog‘dek ko‘targan edi. Maestro men umrim davomida erishgan hamma yutuqlarimning asosichisi sifatida xotiramda abadiy qoladi.

Edinson Kavani bilan tengdoshsizlar. U haqida fikring qanday

Bilasanmi, biz ikkimiz ham Urugvayning Salta shahridanmiz. 2007-yildan beri Urugvay uchun birga to‘p suramiz. O‘ylashimcha, xalqimiz undan juda mamnun. U Urugvay futboli nomini butun Yevropada oqlab kelmoqda. Biz shu kunga qadar yelkama-elka turib ko‘plab muammolarni hal etganmiz. Keyingi mundialda 35 yoshda bo‘lsakda, birga to‘p surish niyatimiz bor!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev tarjima qildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 15.07.2019.
O'qildi: 4703 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.