Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Abdusalom Azizov: Ahil futbol oilasi bo‘lib xizmat qilsak, albatta o‘z maqsadimizga erishamiz

Abdusalom Azizov: Ahil futbol oilasi bo‘lib xizmat qilsak, albatta o‘z maqsadimizga erishamiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol federasiyasi yangi rahbari ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Assalomu alaykum hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Birinchi navbatda menga bildirilgan bunday ishonchingiz va O‘zbekiston futbol assosiasiyasining prezidenti lavozimiga loyiq ko‘rganingiz uchun minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman.

Yurtimizda futbol birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Shu kungacha bizning jamoalar Osiyo mintaqasida anchagina yuqori natijalar ko‘rsatib muxlislarni xursand qilib kelishdi. Lekin, tan olish kerak hali futbolimizda qilinadigan ishlar ko‘p. Bu ishlarni amalga oshirishda futbol tizimida malakali, halol, futbol sohasining xaqiqiy mutaxassislari faoliyat olib borishlari muhim. Biz birgalikda futbolimiz infratuzilmasini rivojantirish, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, muxlislarga yaratiladigan sharoitlar va yana ko‘plab masalalarga e’tibor qaratib, yakunda natijalarimizni yaxshilab borishga intilishimiz kerak.

Yaxshi bilasiz, futbolni rivojlantirishga davlat darajasida katta e’tibor qaratilyapti. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan futbolni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha muhim qarorlar qabul qilingan. Ularni hayotga tadbiq etish esa siz-u bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.

Oldimizda turgan asosiy vazifalarimizdan biri bu ichki chempionatimizni kuchaytirish, muxlislarni stadionlarga qaytarish, klublar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish.

Futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlar bilan keskin kurashamiz.

Oxirgi yillarda musobaqa reglamenti muntazam ravishda buzilib kelinganligidan xattoki xalqaro futbol tashkilotlarining ham xabari bor. Bundan buyog‘iga biz sport prinsiplarini ustuvor deb bilib, reglamentni hurmat qilishimiz shart!

Biz nafaqat futbolimizning bugungi kuni, balki ertasi hakida ham hozirdan bosh qotirishimiz kerak. Buning uchun bolalar va o‘smirlar futbolidagi vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqib, zarur chora – tadbirlar orqali farzandlarimizga kerakli barcha sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.
Hammamiz yaxshi tushunib turibmiz, muxlislar bizdan yaxshi natijalar, yutuqlar va azaliy orzulari bo‘lmish jahon chempionatiga yullanma qo‘lga kiritilishini kutishmoqda. Undan tashqari olimpiya terma jamoasi ham olimpiada lisenziyasini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ushbu jamoalar mamlakatimiz futboli yuzi hisoblanadi. Ularning xalkaro maydondagi ishtirokiga barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Ishonamanki, ana shu ishlarni amalga oshirish yo‘lida barchamiz birlashib, ahil futbol oilasi bo‘lib xizmat qilsak, albatta o‘z maqsadimizga erishamiz."

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:43, 15.07.2019.
O'qildi: 3206 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик