Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Inter» Lukaku uchun yangi taklif jo‘natadi

Italiyaning «Inter» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Lukakuni qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti. Kontening shaxsan o‘zi belgiyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni juda istamoqda.
«Inter» klubi futbolchi qarshisiga yangilangan taklif bilan chiqdi va unga ko‘ra «Manchester Yunayted» futbolchi uchun 60 million yevro oladi. Bundan tashqari yana ayrim bonuslar evaziga qo‘shimcha 5 million yevroni qo‘lga kiritishi mumkin.
«Manchester Yunayted» Lukaku uchun 75 million yevrodan kamiga rozi bo‘lmoqchi emas. Bundan tashqari, klub Lukakuni o‘rnini bosuvchi futbolchini 8 – avgustga qadar topa olmasa, «Inter»ning istalgan taklifini rad etishini e’lon qildi.

«Tottenhem» Beylni qaytarmoqchi

Angiliyaning «Tottenhem» klubi sobiq futbolchisini ortga qaytarish borasida «Real Madrid» klubiga taklif jo‘natish arafasida turibdi. Unga ko‘ra, «shporlar» Garet Beyl uchun 60 million yevro taklif qilish niyatida. Bundan tashqari, futbolchining yillik maoshi 8,5 million yevrodan oshmaydi. Bu Beylning «Real Madrid» klubidagi maoshidan 2 barobar kamroq degani.
«Qirollik klubi» Beylni katta maoshi sababli  tezroq sotib yuborish niyatida. Futbolchining o‘zi bir necha bor Xitoy klublaridan tushgan fantastik takliflarni rad etdi. Hozircha uning APLga qaytish niyati bor yoki yo‘qligini bilishning iloji yo‘q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

De Ligtning transferi yakunlanib qoldi

«Sky Sport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Ayaks» va «Yuventus» klublari o‘zaro to‘liq kelishuvga erishdi. Shu kunlarda futbolchining transferi rasman e’lon qilinadi. Futbolchining o‘zi dushanba kuni Turinga yetib kelgan va shartnomaning ayrim bandlarini Mino Rayola bilan ko‘rib chiqishni boshladi.
Manbaa tarqatgan xabarlarga ko‘ra himoyachi uchun  «Yuventus» 75 million yevro to‘laydi. Bundan tashqari yana kichik bonuslar ham mavjud.

«SSKA» Pushkashga qiziqib qoldi

Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Djorjo Pushkash Rossiyaning «SSKA» klubi transfer nishoniga aylandi. Ruminiyalik futbolchi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rsatida bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatidagi ajoyib o‘yini evaziga bir nechta grandlarning e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda u uchun «Roma», «Napoli», «Vest Hem» klublari ham kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsumni «Palermo» safida ijarada o‘tkazganiga qaramasdan 9 ta gol 6 ta golli uzatmaning egasi bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» «Sporting» futbolchisiga qiziqib qoldi

«Sporting» klubi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh APLda to‘p surishga juda yaqin turibdi.
«The Independent» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra futbolchi «Manchester Yunayted» klubi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Yana xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bu transfer oynasi chog‘ida asosiy transfer maqsadi sifatida aynan portugaliyalik futbolchini belgilab olgan. «Sporting» hujumkor yarim himoyachisini 55 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
«Qizil iblislar» futbolchi bilan kelishib olgan bo‘lsada, uning transfer qiymati borasida kelisha olmay turibdi. Shunga qaramasdan bu transfer shu kunlarda amalga oshishi aniq.
Bruno Fernandesh uchun «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham kurash olib borishgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi «Manchester Yunayted»da to‘p surishni afzal bilgan.

Messining transfer qiymati pastladi

Mashxur transfermarket portali futbolchilarning qiymatini yangidan belgilab chiqdi. Unga ko‘ra «Barselona» klubi sardori Leo Messi 10 million yevroga arzonladi.
Hozirda uning transfer qiymati 150 millionni  tashkil etmoqda.
Narxning tushib ketishi sababini  sayt xodimlari futbolchining 26 – iyun sanasida 32 yoshga to‘lganini vaj qilib ko‘rsatishgan.
Messi yangi ro‘yxatda Eden Azarni o‘zidan o‘tkazib yubordi va 6 – o‘ringa tushib ketdi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 11:16, 16.07.2019.
O'qildi: 4504 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.