Ushbu rukn ostidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etmiz.
«Real Madrid» klubi Ueslik futbolchini sotmoqchi
«Qirollik klubi» o‘z futbolchisini sotib yuborish maqsadida uning transfer narxini pasaytirishga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra «Real Madrid» Garet Beylning transfer qiymatini keskin pasaytirib bo‘lsada, undan tezroq qutilish niyatida.
Unga ko‘ra futbolchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoa 60 millionning bahridan o‘tishi lozim. Bundan avval «Real Madrid» klubi futbolchini 90 milliondan kamiga sotmasligini e’lon qilgan edi. Keyinchalik Beylning nojo‘ya qiliqlari paydo bo‘lgach uni sotishga qaror qilishdi.
Xozircha futbolchi uchun «Tottenhem» klubi yaqqol da’vogar bo‘lib turibdi. Ular futbolchi uchun 40 millon, bonuslar tariqasida yana 20 million yevro berishni niyat qilishgan. «Qirollik klubi» esa bunday taklifdan bosh tortgan o‘z futbolchisi uchun 60 milliondan kamiga ko‘nmoqchi emas. Shunday bo‘lsada, futbolchining yiliga 17 million maosh olishini inobatga olsak, «Real Madrid» baribir futbolchini sotib yuboradi.
«Barussiya Dortmund» «Yuve» futbolchisiga qiziqmoqda
Iguain kelgach, Moyze Kinni sotishga majbur bo‘layotgan «Yuventus»ga bugun «Barussiya Dortmund»dan taklif kelib tushdi. Unga ko‘ra, nemis klubi futbolchini 35 million yevro evaziga sotib olmoqchi. Shu kunlarda Angliyaning «Everton» klubi ham futbolchini ijaraga olish uchun «Yuventus»ga rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Hozircha «Yuve» o‘z futbolchisining kelajagi borasida yakuniy qarorni e’lon qilganicha yo‘q. Ular futbolchi qaysi klubga transfer qilinishidan qat’iy nazar uni ortga qaytarib olish sharti bilan sotishni niyat qilgan. «Barussiya Dortmund» klubi esa, bu shartga rozi bo‘lishni istamayapti. «Everton» esa, futbolchining faqatgina maoshini to‘lab berish uchun ijaraga olmoqchi.
Shu kunlarda Moyze Kinning kelajagi hal bo‘ladi.
Dani Alvesning keyingi manzili aniq
Hozirda erkin agentga aylangan 36 yoshlik Dani Alvez «Arsenal» futbolchisiga aylanishi mumkin. Gap shundaki tomonlar futbolchining agenti bilan muzokaralarni omadli yakunlashgan. Shunday bo‘lsada, klub va futbolchi o‘rtasida kichik kelishmovchilik paydo bo‘lmoqda. Dani Alvez haftasiga 200 ming yevro olishga rozi bo‘lgan bo‘lsada, klub bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘yishdan bosh tordi. U «Arsenal»dan 2 yillik shartnoma kutmoqda. Klub esa, Mesut O‘zil voqeasidan so‘ng 36 yoshlik futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolashni istamayapti. Tomonlar muzokaraning so‘nggi pallasiga yetib kelishdi. Agarda «Arsenal» Alvesning shartiga ko‘nmasa, futbolchi «Yuventus»ga o‘tib ketishini ochiqchasiga e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» Dani Alves uchun haftasiga 230 ming yevro bermoqchi.
«Manchester Yunayted» ishga kirishdi
«Qizil iblislar» «Lasio» klubi futbolchi Sergey Milenkivich – Savich borasida o‘zining yakuniy taklifini jo‘natdi. Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchi uchun uning klubiga 72 million funt sterling taklif qiladi. Bundan tashqari kichik bonuslar ham mavjud bo‘lib, bu transferga bo‘lgan qiziqishni biroz oshiradi.
Shunday bo‘lsada, «Lasio» bu taklifga javoban o‘z futbolchisi 90 milliondan kamiga sotilmasligini e’lon qildi. Futbolchining o‘zi APLda o‘ynashni istasada, uzoq muddatli shartnomasi uni klubga ipsiz bog‘lab qo‘ygan.
«Manchester Yunated» jamoasi Sergeyni jamoani tark etgan Ander Erreraning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Agarda bu transfer amalga oshmasa, «Manchester Yunayted» bor e’tiborini «Tottenhem» klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksonga qaratadi
Dani Sebalos «Arsenal»ga yo‘l oladi
Yoshlar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Dani Sebalos «Real Madrid» tasarrufiga qaytib keldi.
“«Qirollik klubi» o‘z futbolchisini Londonning «Arsenal» klubiga qarshi sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga beradi”,- deb xabar tarqatmoqda «Mirror» nashri.
Bu futbolchini qo‘lga kiritishni istagan Unay Emiri shaxsan o‘zi u bilan uchrashdi va Sebalosni «Arsenal»ga o‘tishga ko‘ndirdi. Bundan avvalroq futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Tottenhem» esa «Real Madrid» uchun yangi taklif bilan chiqishni reja qilmoqda. Sebalosning shu kunlarda London klublaridan biriga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Burak Yilmaz «Beshiktosh»dan ketmoqchi
Turkiyaning «Beshiktosh» klubi hujumchisi Burak Yilmaz klubdan ketishni istamoqda. Mana ikki hafta davomida futbolchi va klub mutasaddilari o‘rtasida katta janjal davom etmoqda. Yilmaz klubni 6 oydan beri maosh to‘lamayotganlikda ayblamoqda. Klub esa unga hech qanday qarzi yo‘qligini takrorlamoqda. Ushbu transfer oynasi chog‘ida futbolchi o‘zini sotib yuborishlarini talab qildi. KLub esa uning talablarini qondirmoqchi emas.
Bu vaziyatdan Italiyaning «Lechche» klubi foydalanib qolmoqchi. Klub futbolchining «Beshiktosh» bilan shartnomasini bekor qilish uchun 1,5 million yevro berishga tayyor ekanligini rasman tasdiqladi. 34 yoshlik futbolchining kelajagi shu haftada hal bo‘ladi.