Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

MOQ bosh kotibi lavozimidan ozod etildi

MOQ bosh kotibi lavozimidan ozod etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida Qo‘mitaning navbatdan tashqari XXXVI Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda  MOQ prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vise-prezident Azizjon Kamilov hamda Bosh Assambleya a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibidan birgina masala o‘rin oldi. U ham bo‘lsa 2018 yil yanvar oyidan buyon Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Jasur Matchanovning o‘z hoxishiga ko‘ra yozgan arizasini ko‘rib chiqishdan iborat edi. Bosh Assambleya a’zolari J. Matchanovning iste’fosini bir ovozdan qabul qilishdi va Jasur Matyakubovich O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimidan  ozod etildi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, boks bo‘yicha jahon chempionati va Osiyo o‘yinlari sovrindori Jasur Matchanov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida 2018 yilning 16 yanvaridan, ya’ni roppa rosa 1 yarim yil davomida Bosh kotib lavozimini egalladi. Uning boshchiligida Milliy olimpiya qo‘mitasi xalqaro aloqalarini yanada mustahkamladi.

Shuningdek, Jasur Matyakubovich o‘tgan yili Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o‘tkazilgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasiga rahbarlik qildi. Aynan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegasiyasi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Jasur Matyakubovich Matchanovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.

O‘z navbatida, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotib lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu masalada yakuniy qaror MOQning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishida qabul qilinadi. Ya’ni nomzodlar ko‘rib chiqilgach, tashkilotga yangi Bosh kotib saylanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:00, 17.07.2019.
O'qildi: 3543 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.