Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Eldor Shomurodov: Guruhda 1-o‘rinni egallash uchun harakat qilamiz

Eldor Shomurodov: Guruhda 1-o‘rinni egallash uchun harakat qilamiz

Baho:
+ | -

Terma jamoalar 17-07-2019 120 Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qur’a natijalari xususida O‘FA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Guruhimizdan o‘rin olgan terma jamoalar orasida kuchsizlari yo‘q, deb o‘ylayman. Hamma o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qiladi. Barcha o‘z mamlakati sha’ni uchun o‘ynaydi. Bu esa o‘yinlar oson o‘tmasligini anglatadi. Lekin barchasi o‘zimizga bog‘liq, deb hisoblayman. Chunki agar har bir o‘yinga jiddiy hozirlik olib borsak va maydonga har gal yaxshi ruhiy tayyorgarlik bilan tushsak, har qanday raqibni mag‘lub etishga kuchimiz yetadi, deb o‘ylayman. Nasib etsa, ushbu saralash bosqichi yakunida guruhda 1-o‘rinni olishga harakat qilamiz, - dedi mahoratli hujumchi.

Manba: Ufa.uz
Kiritildi: 18:37, 17.07.2019.
O'qildi: 7290 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик