Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Anvar G‘ofurov: «Hali ko‘p raqiblarga muammo bo‘lamiz»

Anvar G‘ofurov: «Hali ko‘p raqiblarga muammo bo‘lamiz»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ning Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakunlanib bormoqda. Jamoaning tajribali o‘yinchisi Anvar G‘ofurovning yig‘in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Jamoada hammasi joyida. Futbolchilar bir-biri bilan ahil, barcha bir bo‘lib o‘yinimizni yanada yaxshilash, natija ko‘rsatish uchun mehnat qilyapti. Murabbiylar shtabi tomonidan berilayotgan vazifalar, yuklamalar, ko‘rsatmalarni bajarish biz futbolchilarga zavq bag‘ishlayapti, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Buni o‘yinchilarning yuz-ko‘zidan, harakatlaridan bilish mumkin. Minskning iqlimiga gap bo‘lishi mumkin emas!

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni yurtimizda ham o‘tkazishimiz mumkin edi, lekin issiq iqlimda yuklama olish bilan hozirgidek salqinda jismoniy kuchga ishlashning orasida farq bo‘ladi. Issiqdagi yuklamalar ziyonimizga ham ishlashi mumkin. O‘ylaymanki, mazkur yig‘indagi yuklamalar ikkinchi davrada bizga foyda beradi.

Agar hozirgi holatimizda ikkinchi davraga kirib borsak, o‘ylaymanki, ko‘plab raqiblarimizga muammo bo‘la olamiz va asabiga tegamiz. Minsk yig‘ini davomida hozirgacha uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Aytish kerak, uchchala raqib ham kaminada ijobiy taassurot qoldirdi. To‘g‘ri, barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonganimiz raqiblarni kuchsiz ko‘rsatar, ammo men unday demagan bo‘lardim. Sababi, bu bahslarda biz o‘z o‘yinimizni topa oldik. Shu bois to‘p nazorati bo‘yicha raqibdan ustunlik qildik. Nazarimda Belorus klublari paslarga asoslangan futbol o‘ynamaydi, balki shuning uchun ular bizning o‘yinga moslasha olmadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 09:54, 20.07.2019.
O'qildi: 2658 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик