Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Van Deyk «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

Van Deyk «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk 2019 yilda "Oltin to‘p" uchun imkoniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Odamlar meni sovrin uchun kurashda favorit sifatida ko‘rishayotgani — katta faxr. Men nima ham qila olardim? Men hech narsaga ta’sir ko‘rsata olmayman. Ha, men yaxshi mavsumni o‘tkazdim. Umid qilaman, kelgusi mavsumni yanada yaxshiroq o‘tkazaman. Odatda "Oltin to‘p"ni hujumchilar yoki "10-raqamlilar"ga topshiriladi. Bu tushunarli. Boisi, ularning o‘yinini tomosha qilish yoqimli. Lekin, buni o‘zgartirish vaqti kelgandir", - dedi van Deyk "Liverpul" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Virjil van Deyk ushbu mavsumda Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, Angliya premyer-ligasi va UYEFA Millatlar ligasida 2-o‘rinni egalladi.

Futbolchi 2018/19 yilgi mavsumda "Liverpul" safida 50ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 14:11, 21.07.2019.
O'qildi: 5714 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик