Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 2-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 2-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Dunyoning eng boy beshta bokschisi

Dunyoning eng boy beshta bokschisi

Baho:
+1 | -

Boks dunyodagi eng tomoshabop sport turlaridan biri bo‘libgina qolmay, eng daromadlisi hamdir. Mashhur Forbs jurnali dunyoning eng badavlat bokschilari ro‘yxatini e’lon qildi. Bugun aynan shu reyting asosida dunyoning eng badavat 5 ta bokschisi bilan tanishishingiz mumkin.

5 – o‘rin. Jorj Forman

Bu reytingni amerikalik bokschi ochib beradi. Afsonaviy Jorj Forman 1973-1976 – yillarda «The Ring»  talqiniga ko‘ra yilning eng kuchli bokschisi bo‘libgina qolmay, 1994 – yil  45 yoshida WBO va IBF kamarlari uchun chempionlik jangida g‘olib chiqib dunyoni larzaga keltirgan edi. Bundan tashqari Forman o‘z vaqtida  bosk qiroli Muhammad Alining raqibi sifatida e’tirof etilgani tahsinga sazovor. Bokschi kariyerasi davomida 81 ta jangda ishtirok etib, 76 bor g‘alaba qozongan. Uning asosiy daromadi reklama roliklaridan desak, adashmagan bo‘lamiz. Forman qariyib 10 yil davomida elektr gril va pechlarni ishlab chiqaruvchi firmaning yuzi sifatida ko‘plab reklamalarda suratga tushish ortidan 200 million dollar foyda qilgan. Bundan tashqari uning Texas shtatida o‘z fermasi mavjud. Bokschining umumiy daromadi 230 million dollarni tashkil etadi

4 – o‘rin. Menni Pakyao

Reytingning 4 – pog‘onasini Filippinlik aktyor, siyosatchi, qo‘shiqchi Menni Pakiyao egallaydi. Qahramonimiz 8 ta vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan yagona inson hisoblanadi. Uning bu rekordi shu kunga qadar birorta bokschi tomonidan yangilanishi dargumon. Menni «The Ring» nashri tomonidan bir necha marotaba vazn toifasidan qatiiy nazar eng kuchli bokschi deb e’tirof etilgan. Bundan tashqari Amerikaning «Sport» nashri tomonidan «yilning eng yaxshi sportchisi» deb e’tirof etilgan.  Qisqacha qilib aytganda, u dunyoning eng taniqli bokschilaridan bir sanaladi. 2015 – yilda Floyd Mayuvezer bilan bo‘lgan jang uchun qahramonimiz 140 million dollor gonorar olgan edi. Uning umumiy boyligi 490 million dollarni tashkil etadi.

3 – o‘rin. Lennoks Lyuis

24 – olimpiada g‘olibi, super og‘ir vazn qirollaridan biri sanaladigan Britaniyalik bokschi katta gonararlari evaziga emas, shunchaki boksdan tushgan pullarni to‘g‘ri sarflagani uchun bu reytingning 3 – o‘riniga joylashdi. Gap shundaki, kariyerasini Klichkolarning kattasini mag‘lubiyatga uchratgach yakunlagan Lennoks ko‘chmas mulk savodisiga kirishib ketadi. Hozirda uning Mayami shtati va Gavaya orollarida, Kanada va Britaniyada ko‘chmas mulklari mavjud. Bundan tashqari qahramonimiz reklama roliklarida hozirgi kunga  qadar faol. Hozirda sportchining 600 million dollardan ortiqroq mablag‘i mavjud.

2 – o‘rin. Oskar De La Hoyya

1992 – yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiyada g‘olibi, 6 karra jahon chempioni, amerikalik Oskar De La Hoyyani tanimaydigan Boks ishqibozi bo‘lmasa kerak. «Tilla bola» laqabli bokschi ajoyib janglaridan tashqari, ajoyib intervyulari bilan ham juda mashxur. Uning jurnalisltar bilan uchrashuvlari katta qiziqsh bilan kutib olinadi. Bundan tashqari sobiq bokchi hozirda «Golden Boy» kompaniyasining egasi sanaladi va har yili bir nechta shov-shuvli janglarni tashkillashtiradi. Shu kunga qadar Oskar 696 million dollardan ko‘proq ishlab topishga ulgurdi.

1 – o‘rin. Floyd Meyvezer

Yengilmas Floyd professional boksda 50 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, shuning barchasida g‘alaba qozongani bilan emas, eng kuchli bo‘kschilarni mag‘lubiyatga uchratgani bilan katta mashhurlikka erishgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning ro‘yxatida Oskar De La Hoya, Menni Pakyao, Migel Kotto, Zab Juda singari kuchli bokschilar borligi yetmaganidek, qahramonimiz UFC yulduzi Konor Makgregor ustidan ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Floyd Boks tarixidagi eng katta gonorar qo‘yilgan 4 ta jangda ishtirok etgan yagona bo‘kschi sanaladi. Sportchining boyligi 1 milliardan ortiqroq ekanligini rasman e’lon qilingan. Bundan tashqari sportchi bir nechta bizneslar bilan ham faol shug‘ullanib kelmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:09, 22.07.2019.
O'qildi: 16393 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.