Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Paxtakor-79"ni xotirlab - Ravil Agishev

"Paxtakor-79"ni xotirlab - Ravil Agishev

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ravil Agishev "Paxtakor" tarkibidan juda yosh holda o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lgandi.

Ravil 1959 yil Buxoroda tavallud topgan. Bolaligidanoq futbol bilan oshno tutingan Agishev futbolchilik faoliyatini murabbiy A.CHernishev boshchilik qilgan Buxoroning “Spartak” jamoasida boshlagan. Bolalar toifasida turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Keyinroq 1973 yildan Toshkentda yangi murabbiylar Guras Daraseliya va V.Babich qo‘l ostida shug‘ullanib, 1975-76 yillarda German Titov nomidagi sport-internatda o‘qish chog‘ida ixtisoslashtirilgan futbol maktablari turniri final bahslarida qatnashgan. 1975-76 yillarda "Paxtakor" ikkinchi tarkibida, 1977 yil Xorazmning "Xonqa" jamoasi safida o‘ynagan. Ushbu jamoa safida Ravil Agishev O‘zbekiston Kubogi sohibi va sport ustasi nomzodligiga ega bo‘ldi. 1978 yil esa uni mamlakatning bosh jamoasi sanalgan "Paxtakor"ga taklif etishadi. O‘sha yili Agishev 13 uchrashuvda maydonga tushib, markaziy himoyadagi ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi. Halokat ro‘y bergan 1979 yil esa 14 bellashuvda maydonga tushib ulgurgandi. Yagona golini Rostovda SKA jamoasi darvozasiga urgan.

O‘sha yili yozda Agishev O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Oleg Bazilevich qo‘l ostida Ittifoq cpartakiadasida ishtirok etdi. Olim Ashirov bilan birgalikda ular markaziy himoyada juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. 8 avgustda Toshkentda "Zarya"ga qarshi kechgan bellashuvda Ravil umurtqasidan jarohat oladi. Aslida bunday jarohat bilan o‘yinni o‘tkazib yuborish mumkin edi. Biroq jamoa duch kelgan jarohatlar epidemiyasi sababli Agishev safarga yo‘l oladi va jamoaga yordam berishni istaydi. Afsuski, 20 yoshida hali uylanmagan Ravil hayot bilan vidolashdi.

Ravil Agishev va Vladimir Sobirovning birinchi murabbiylari bo‘lgan Anatoliy Chervov keyinchalik o‘z ishini yakunlashni lozim topgan. Uning ikki shogirdi o‘sha mash’um halokatda hayot bilan vidolashgan.

Ravil Agishev ishqibozlar yodida hamisha kurashuvchan, yosh va ishonchli o‘yin namoyish qilgan himoyachi sifatida qoladi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:46, 24.07.2019.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик