Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Barselona»ning transfer rejasi ma’lum

Katoloniyaning «Barselona» jamoasi o‘z transfer siyosati borasida so‘nggi qarorga keldi. Unga ko‘ra jamoa yozgi transfer oynasi chog‘ida 150 million yevro ishlab topishi shart.
Kataloniya klubi buncha pulni ishlab toppish uchun Rafinya, Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Umtiti, va Malkomni sotib yubormoqchi. Gap shundaki o‘z daromadining katta qismini futbolchilarga maosh qilib beruvchi klub shu yo‘sinda Grizman va De Yong uchun sarflagan pullarini chiqarib olmoqchi.  
Eslatim o‘tamiz, «Barselona» Antuan uchun 120 million yevro sarflagan bo‘lsa, De Yong uchun 75 million yevrodan voz kechdi.

Hedira APL jamoasi e’tiborida

«Sky Sport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Yuventus» jamoasining germaniyalik futbolchisi Sami Hedira o‘z faoliyatini APLda davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Hozirda futbolchi bilan Angiliyaning «Vulverhemton» jamoasi shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
«Bo‘rilar» mavsum oldidan kuchli 6 ta jamoadan biri bo‘lishni oldilariga maqsad qilib qo‘ygan va shu sabab transfer bozorida faol bo‘lishga urunmoqda.
Futbolchining tahminiy transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etsada, APL klubi futbolchi uchun bundan kamroq berib o‘yinchini qo‘lga kiritishi mumkin. Sababi, «Yuve» ustozi Sarri futbolchini o‘z rejasida yo‘qligini e’lon qildi. Shu faktor evaziga futbolchini arzonroq qo‘lga kiritish mumkin.

«Real Madrid» hujumchidan qutulmoqchi

«Qirollik klubi» ustozi Zayniddin Zidan «A S» nashriga bergan intervyusida Mariano Diazning hizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini e’lon qildi. Aynan shu sababli, «Real Madrid» Mariano Diaz borasidagi hamma takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Hujumchining o‘zi boshqa klubga o‘tishni istamayotgan bo‘lsada, uning kelajagi boshqa klubda davom ettadigan ko‘rinadi. Hozirda futbolchining hizmatlari bilan «Everton», «Inter» va «Milan» jamoasi qizish bildirmoqda.

Futbolchining «Real Madrid» bilan tuzgan shartnomasi 2023 – yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib uning transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Boateng ortga qaytishi mumkin

«Sassuolo» jamoasi yarim himoyachisi Prins Boateng o‘z faoliyatini «Bundesliga»da davom ettirishi mumkin. Futbolchining hizmatlari bilan «Ayntraxt» qiziqmoqda. Boateng uchun bu jamoa begona emas, Sababi,  2017/18 – yilgi mavsumlarda futbolchi aynan shu jamoa sharafini himoya qilgan edi.
 O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Barselona»da o‘tkazgan futbolchining transferi borasida muzokaralar davom etmoqda.

«Tottenhem» shov – shuv ko‘tarishi mumkin

«Daily Mail» nashrining xabar berishicha, Dibalaning kelajagi «Tottenhem» bilan bog‘lanishi mumkin. Mashxur nashr tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra shaxsan Pochetinoning o‘zi vatandoshining hizmatiga muhtojlik sezmoqda.
«Tottenhem» futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida «Yuventus» bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Dibalaning taxminiy transfer qiymati 80 million yevro atrofida baholanmoqda. «Shporlar» rahbari jamoani yangi darjaga olib chiqish uchun super futbolchi xarid qilmoqchi ekanligini rasman e’lon qilgan edi. Avvaliga jamoa Beylni xarid qilishni rejalashtirgan edi lekin, futbolchining juda katta maoshi ularni fikrdan qaytishga majbur qilgan edi. Endilikda jamoa Dibalani qo‘lga kiritish uchun jiddiy ishga kirishgan.

«Barselona» futbolchisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin

Mashxur "ESPN" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara Italiyaning «Fiorentina» jamoasi e’tibor markazida turibdi.
«Fiorentina» jamoasi futbolchining transferini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Hozida Rafinya va «Barselona» o‘rtasidagi shartnoma yakunlanishiga bir mavsum qolmoqda va shu sabab «Barselona» uni erkin agentga aylanishidan avval sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Futbolchining transferi borasida muzokaralar start olgan. Uning taxminiy narxi 15 million yevro atrofida baholanmoqda.
Bundan bir necha kun ilgari «Valensiya» futbolchini ijaraga olish borasida «Barselona»ga rasmiy taklif jo‘natgan edi. «Barselona» o‘z futbolchisi faqatgina sotib yuborishi mumkinligini rasman e’lon qilgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:17, 25.07.2019.
O'qildi: 11895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.