Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sulsher transfer rejasini oshkor qildi

«Manchester Yunayted» ustozi  Sulsher jamoaning transfer rejasi borasida bayonot berdi.
“Men hozir bizda kuchli jamoa bor ekanligini ayta olaman. Tarkibimizdagi yigitlarning barchasi kuchli va o‘z ishining chinakam ustalari. Shunday bo‘lsada, biz yanada kuchliroq bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilishdan to‘xtamayapmiz. Biz haqimizda tinmay yozishmoqda. Adashmasam, bu transfer oynasining o‘zida kamida 150 ta futbolchini «Manchester Yunayted»ga o‘tishi borasida mish – mishlar paydo bo‘ldi. Shuni aniq aytishim mumkinki, biz uzog‘I bilan 1 yo 2 futbolchini sotib yuborishimiz yoki sotib olishimiz mumkin. Bundan ortig‘ hech qanday rejamiz yo‘q.

Gvardiola Dani Alvez borasida qanday fikrda

Dani Alvezning kelajagi hammani qiziqtirmoqda. Futbolchi hali-hamon o‘zi uchun jamoa topa olmadi. Uning «Manchester Siti» jamoasiga o‘tishi borasidagi barcha mish – mishlarga shaxsan Gvardiolaning o‘zi nuqta qo‘ydi. Murabbiy jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida : « Dani kuchli futbolchi. Uni yoshi o‘tib qolgan deb o‘ylaganlar katta xato qiladi. Shaxsan men uni jon deb jamoamda ko‘rgan bo‘lar edim. Gap shundaki, mening jamoamda ham 2 ta ajoyib qanot himoyachilari mavjud va bizga bu zona uchun futbolchi kerak emas. Uning kelajakdagi ishlariga omad tilab qolaman» dedi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 36 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, yaqinda o‘z yakuniga yetgan «Kopa Amerika» musobaqasining «eng yaxshi o‘yinchi»si deb e’tirof etildi. Endilikda uning keyingi manzili katta so‘roq ostida qolmoqda?!

Odil Ahmedovning jamoadoshi ortga qaytmoqchi

«Shanxay SIPG» jamoasi yarim himoyachisi Oskar Yevropaga qaytmoqchi ekanligini e’lon qildi. Futbolchi va uning agenti ortga qaytish variyantlari ustida ishlamoqda” , - deb xabar tarqatmoqda «Shanxay SIPG» klubi rasmiy sayti.
Futbolchining o‘zi bu voqeaga quyidagicha izoh berdi: « Men ortga qaytmoqchiman. Katta ehtimol bilan keyingi klubim Italiyadan bo‘ladi. Hozirda Milan shahrining ikki klubi bilan muzokarlar o‘tkazmoqdamiz. Yuqori darajadagi chempionatda to‘p surishning vaqti keldi deb o‘ylayman»
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2017 – yilda Londonning «Chelsi» jamoasidan «Shanxay SIPG» safiga o‘tgan edi. Bunga qadar futbolchi «San Paulo» va «Internasionale» jamoalari sharafini himoya qilgan.

«Milan» hujumchisiga talab bor

Milanning «Milan» jamoasi hujumchisi Patrik Kutrone APL jamoalari e’tibor makazida turibdi. Futbolchi uchun kurashda «Velverhempton» va «Aston Villa» jamoalari ishtirok etmoqda. «Milan» o‘z futbolchisini tezroq sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Ularning bu mavsumdagi asosiy transfer nishoni «Atletiko» hujumchisi Angel Korea ekanligi haqida xabar bergan edik.
 21 yoshlik futbolchining «Milan» bilan tuzgan shartnomasi 2023 – yilga qadar bo‘lib, uning transfer narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

«Arsenal» «Everton» kurashi avjiga chiqmoqda

APL jamoalari o‘rtasida «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Zaha uchun kurash ketayotganidan xabaringiz bor. Hozirda futbolchi uchun «Arsenal» asosiy da’vogar bo‘lib turgan edi. Ular futbolchi uchun 50 million funt taklif qilishgan edi. Bugun «Everton» futbolchi uchun rasman 60 million yevro va Jenk Tosunni taklif qildi. Bu ketishda , «Arsenal» bu mavsumdagi asosiy transfer nishonidan ayrilib qolishi hech gap emas.  Hozirda «to‘pchilar» tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra Zaha borasida yangi taklifni tayyorlashmoqda. Unga ko‘ra klub futbolchiga  turli bonuslarni ichiga olgan 70 million funt sterling va’da qilishmoqchi. Shunday bo‘lsada, «Kristal Pelas» o‘z futbolchisini 90 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:40, 27.07.2019.
O'qildi: 7175 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.