Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ronaldu «Real Madrid»ni tanqid qildi

Ronaldu «Real Madrid»ni tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyati futbol ommasi tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Bu borada «Real Madrid»ning sobiq futbolchisi Ronaldu ham chetda qolmadi. Italiyaning «Tuttosport» nashri Ronaldu bilan kichik intervyuni tashkil etdi. Bundan tashqari, kechagi uchrashuvning qahramoni Diyego Kosta ham «Atletiko Madrid» rasmiy sayti uchun intervyu berdi. Biz esa bu intervyularni sizlarga taqdim etish uchun jamladik.

Diyego Kosta

Men bunday yirik hisobdagi g‘alabadan juda hursandman. Ayniqsa, bu g‘alabaga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman. To‘g‘ri, men azaliy raqiblarimiz darvozasiga 5 ta gol kiritganimdan hursandman, lekin unutmaslik lozim, bu o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Rasmiy uchrashuvlarda hammasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Hozirda «Atletiko Madrid» «Real Madrid» dan ustunroq. Biz yangi mavsumda Madridda kim birinchi raqamli jamoa ekanligini isbotlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
Chetlatilishim borasida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q. Sababi, men qizil kartochka olgan bo‘lsamda, maydondagi futbolchilarning soni teng edi. Futbol - bu hissiyot! Ba’zan uni ushlab qolishning iloji yo‘q. Shunday ekan, meni bu ishim uchun kechirishlarini so‘rab qolaman.

Serhio Ramos

Juda ham yoqimsiz hislar, lekin biz mavsumni endigina boshlayapmiz. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lsada, «Atletiko Madrid» o‘yinga boshqacha kayfiyatda tushib keldi. To‘g‘ri, juda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik. Buni tan olaman. Eng quvonarlisi biz tanaffusda birinchi bo‘limni unutib ikkinchi 45 daqiqalikda g‘alaba qozonish uchun harkat qildik va buni uddasidan chiqdik. Shunday bo‘lsada, o‘zimizni oqlamoqchi emasman. Ko‘pchilik bizda motivasiya qolmagan deb o‘ylamoqda. Hech ham bunday emas. O‘tgan mavsumdagi omadsizlikdan so‘ng hammasini boshidan boshlashga qaror qildik.  Men o‘z jamoamga to‘liq ishonaman. Agarda zarracha shubham bo‘lganida birinchilardan bo‘lib «Real Madrid»ni tark etgan bo‘lar edim.

Ronaldu

«Real Madrid»ning «Atletiko»ga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan o‘yini men ko‘rgan eng yomon uchrashuvlardan biri bo‘ldi. Siz tasavvur qilyapsizmi? Bir uchrashuvning o‘zida 7 ta to‘p olib chiqdingiz! Bu «qirollik klubi» darajasidagi jamoa uchun juda hunuk natija! Meni «Real Madrid» safida bo‘lgan paytim mavsum oldi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijamiz uchun keskin tanqid qilishar edi. Ba’zan ko‘p gol o‘tkazib yuborganimiz uchun bizga bosim uyushtirishar edi. Endilikda har bir jamoa «Real Madrid»ga qarshi alohida tayyorgarlik bilan maydonga tushmoqda. «Qaymoqranglilar» esa, to‘p uchun yugurishni ham istashmayapti. Klub rahbarlari va Zidan bu borada chora ko‘rishi shart!Aks holda «Real Madrid» avvalgi darajasiga hech qachon chiqa olmaydi.

Manba: Tuttosport
Kiritildi: 19:50, 27.07.2019.
O'qildi: 15169 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.