Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Aleksandr Xomyakov: «Maydon holati biz xohlagan o‘yinni ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi»

Aleksandr Xomyakov: «Maydon holati biz xohlagan o‘yinni ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

"Andijon"-"Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach, har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Andijon" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

- Avvalo, ushbu g‘alaba bilan Andijon halqini tabriklayman! Uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. Ochiq aytaman, Superligada qolish uchun kurashyapmiz. Shuning uchun biz uchun hozir eng muhimi natija! Qolish uchun kurashayotgan jamoa maydonga chiqib borini berib o‘ynashga tayyor bo‘ladi. Shuning uchun hozir chiroyli o‘yin namoyish etish xaqida o‘ylash mavrudi emas. Bugungi o‘yin olti ochkolik o‘yin edi va unda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Birinchi taymda oddiy futbol o‘ynashga majbur bo‘ldi. Sababi, maydon holati biz xohlagan o‘yinni ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Asosan uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildik, lekin bu urinishlarimiz o‘z samarasini bermadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin balansini ushladik va asosan o‘yinni raqib maydonida o‘tkazishga harakat qildik. Bir qator vaziyatlar yaratishga harakat qildik va buni uddaladik deb ayta olaman. Qilichevning goli amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Bunday vaziyatda qanday futbol o‘ynashni tushungan futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Har bir uchrashuv biz uchun finaldek gap. Qaytarib aytaman, biz maydonga g‘alaba uchun halok bo‘lishga tayyor holatda chiqamiz.

- "Buxoro" bosh murabbiyi bunday maydonga futbol o‘ynab bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda Sizning fikringiz qanday?

- Qaysidir ma’noda u haq. Lekin ikkinchi tarafdan olib qaraganda, kim birinchi bo‘lib ushbu maydonga ko‘nikib olsa, o‘sha jamoa uchun sal yengillik bo‘lardi. Biz buni uddaladik. Raqib jamoa bosh murabbiyining fikrlariga izoh bildirish... Bu uning fikri. "Buxoro" jamoasi tekis maydonda kombinasion o‘yin namoyish etishni xohlar. Lekin bugungi futbol bizga g‘alaba olib keldi.

- Ikkinchi bo‘lim boshida "Andijon" hujumkor o‘yin namoyish etdi. Nega birinchi taymda shunday o‘yin namoyish etilmadi?

- Birinchi bo‘limni ozgina noto‘g‘ri boshladik. Maydon holatidan kelib chiqib, uzun paslar bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik. Qolaversa, raqib maydon markazida uch nafar futbolchi bilan harakat qildi, biz esa ikkita yarim himoyachi bilan o‘ynadik. Shu sababli, raqib markazda yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin uslubimizga ozgina o‘zgartirish kiritdik, va o‘ylagan maqsadimizga yetdik.

- Eshitishimizga qaraganda, ayni paytda jamoada moliyaviy muammolar bor ekan.

- Bilasizmi, bu klubning ichki siri. Shu sababli, bunday savollarni bermaganingiz ma’qul. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonaversak, vaziyatimiz stabillashib boraveradi, hammasi o‘zimizga bog‘liq. Lekin, tashkiliy ishlardan va boshqa shunga o‘hshash narsalardan stabil holatdamiz, hamma narsa bizni qoniqtirmoqda, hozircha hech narsadan nolimaymiz. Oldinga qadam tashlashda davom etamiz.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 23:36, 27.07.2019.
O'qildi: 3142 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.