Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Alvaresning orzusi — "Barselona" bilan Chempionlar ligasini yutish

Alvaresning orzusi — "Barselona" bilan Chempionlar ligasini yutish

Baho:
+3 | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares hali ham faoliyatini "Barselona"da davom ettirishdan umidvor.

"Atletiko" 26 yoshli futbolchini Kataloniya klubiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Biroq Alvaresning o‘zi aynan "Barselona"ga o‘tishni istamoqda va hozircha boshqa variantlar unga qiziq emas.

All About Argentina nashri jurnalist Gaston Edul ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Alvares o‘zini Lionel Messidan keyin "Barselona" bilan Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan birinchi argentinalik futbolchi bo‘lishga taqdir qilingan, deb hisoblaydi. Bu hujumchining asosiy orzularidan biri.

Xulian Alvaresga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchi transfer oynasi yopilguniga qadar "Atletiko"ni tark etish niyatida ekanini avval ham ma’lum qilgan.

Kiritildi: 06:56, 26.08.2026.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик