Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Riberi pulga qiziqmadi

«Bavariya» jamoasidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning e’tibor markazida turgan futbolchi bilan Fransiyaning «Monako» jamoasi shartnoma tuzmoqchi edi, lekin futbolchi klub taklifini rad etdi -  deb xabar tarqatmoqda fransuz nashrlari.
Eng qizig‘I shundaki, Riberi uchun «Monako» ajoyib muoliyavoiy qulay shartnoma taklif qilgan bo‘lsada, futbolchini buni rad etgan.
Gap shundaki, Frank agarda o‘z yurtida to‘p suradigan bo‘lsa, bu klub «Marsel»dan boshqasi bo‘lishini istayapti. Manbalarning xabar berishicha, agarda fubolchi «Monako» klubi taklifini rad etmaganida jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin edi.
Futbolchining o‘zi «Liverpul» safida to‘p surishni istamoqda. Ayrim nashrlar futbolchi va APL klubi o‘rtasida muzokaralar bo‘layotganini e’lon qilgan bo‘lsada, bu xabar o‘z tasdiqini topganicha yo‘q.

Fergusson «Manchester Yunayted»ga maslahat berdi

«Manchester Yunayted» klubi afsonasi Aleks Fergusson sobiq jamoasiga «Vest Hem» klubi futbolchisini sotib olishni maslahat berdi – deb xabar bermoqda «Sky Sport» nashri.
Shotlandiyalik mutaxassis sobiq jamoasiga «Vest Hem» yarim himoyachisi Djon Makginnni sotib olish borasida ishlarni boshlash kerakligini ayti. «Bolg‘achilar» safiga o‘tgan mavsumda kelib qo‘shilgan futbolchi qisqa vaqt jamoa yetakchsiga aylanishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga moliyk.
Hozirda «qizil iblislar» yarim himoyachi borasida transfer ishlarini boshlab yuborishdi.

Dibala o‘z kelajagi borasida qaror qabul qildi

Argentinalik futbolchi o‘z jamoasida qolishga qaror qildi deb xabar tarqatmoqda «Sky Sport Italia» nashri.
Klub futbolchining transferi ortidan jamoaga yangi o‘yinchi olib kelishni rejalashtiryotgan edi. Bundan tashqari «Yuve» Dibala bilan bir nechta futbolchilarni ayrboshlashga tayyor ekanligni rasman e’lon qilgan edi. Futbolchining o‘zi esa, kelajagi borasidagi so‘nggi qarorni qabul qilgnanini e’lon qildi va ta’tildan ham voz kechib jamoa lageriga yetib keldi. Dibala yangi mavsumda asosiy tarkibdan joy olish uchun bor kuchi bilan harakat qilishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, futbolchining hozirgi transfer marketdagi narxi 100 million yevroni tashkil etmoqda.  Futbolchi bilan so‘nggi paytlarda «Manchester Yunayted», «PSJ», «Napoli» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan edi.

SSKA futbolchisi Qatar klubiga o‘tdi

Rossiyaning «SSKA» klubidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Abel Ernandez Qatarning «Al – Axli» jamoasiga o‘tdi.
28 yoshlik futbolchi klubning Gollandiyadagi o‘quv – yig‘in mashg‘ulotlariga borib qo‘shilishga ham ulgurdi. Urugvaylik futbolchi SSKA safida yankunlangan mavsumda ko‘p jarohat olgani bois shartnomani bekor qildi va Doxa shaxri klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.

Andre Shyurrle Rossiyada?!

«Borussiya Dortmund» hujumkor yarim himoyachisi Andre Shyurlle o‘z faoliyatini Rossiyada davom ettriadigan ko‘rinadi. Sababi, futbolchi shu kunlarda o‘z agenti bilan Moskva shaxrida bo‘lib turibdi.
Rus nashrlarning xabar berishicha, futbolchi Moskvaning «Spartak» klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va jamoalar ijobiy kelishuvga erishdi.
 O‘tgan mavsumni «Fulhem» safida ijara asosida o‘tkazgan futbolchining transfer qiymati 12 million yevroga teng bo‘lsada, «Spartak» klubi futbolchini 8 million yevroga sotib oladi.
Yangi mavsum oldidan «Borussiya Dortmund» jamoasi murabbiylari shtabi futbolchi uchun jamoada o‘rin yo‘qligini rasman e’lon qilgnai bois futbolchi boshqa klubga o‘tishga rozi bo‘ldi.

«Arsenal» yana bir xaridga yaqin turibdi

London klubi shu kunlarda Shotlandiyaning «Seltik» jamoasi futbolchisi Kiran Tirni transferi borasida kelishuvga erishdi. «Sky Sport» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Arsenal» futbolchining klubi bilan ham, o‘zi bilan ham to‘liq kelishuvga erishdi. Futbolchi yangi klubi bilan tez orada 5 yillik shartnoma imzolaydi va yangi mavsumni «Arsenal» safida boshlaydi. «To‘pchilar» bu transfer haqida yangi haftada rasman e’lon qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun «Arsenal»dan tashqari «Tottenhem», «Everton» jamoalari ham kurash olib borishgan edi.

Timo Verner «Bavariya»ga o‘tmaydi

«RB Leypsig» hujumchisi Timo Verner «Bavariya» bilan shartnoma imzolashi borasidagi mish – mishlarga oydinlik kiritildi. Futbolchining agenti shu mavzuda jurnalisltatga intervyu berar ekan, uning bu xabar haqida ilk bor eshitganini va Timo «Bavariya» o‘rtasida hech qanday muzokalar bo‘lib o‘tmaganini rasman e’lon qildi.

Futbolchining jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2020 – yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, «Bavariya» futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni reja qilmoqda. Shuningdek futbolchining hizmatlari bilan «Liverpul» jamoasi ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Verner o‘tgan mavsumda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib 16 ta gol kiritdi va 7 samarali uzatmani amalg oshirdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:08, 28.07.2019.
O'qildi: 10482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.