Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prevyu. «Qizilqum» - «Paxtakor»

Prevyu. «Qizilqum» - «Paxtakor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 15-turida "Paxtakor" "Qizilqum" maydoniga safar uyushtiradi.

Mazkur uchrashuvda jamoalar tarkibida diskvalifikasiya tufayli yo‘qotishlar mavjud emas. "Paxtakor" asosiy tarkibida Akram Komilov va Javohir Sidiqovdan tashqari barcha futbolchi bo‘lajak bellashuvga hozirlik ko‘rmoqda.

Chempionatlar tarixida jamoalar 39 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 32 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 107 gol urilib, 23 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Yuqori liga tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mezbonlarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan. Ushbu mavsum birinchi davradagi bahsda esa Toshkentda jamoamiz 8:0 hisobida zafar quchgandi. Hozircha bu joriy yil uchun rekord natijadir.

"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 30 iyul, seshanba kuni soat 20:00da "Yoshlar" stadionida boshlanadi.

Manba: Пахтакор расмий телеграм саҳифаси
Kiritildi: 11:52, 29.07.2019.
O'qildi: 1752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик