“Manchester Yunayted” himoyachisi Markos Roxo kelajagi borasida bir qarorga kelmadi.
ESPN nashrining xabar berishicha, Roxo mankunianliklar safini tark etish haqida o‘ylamoqda.
Argentinalik futbolchi mavsum oldi yig‘inida Ole-Gunnar Sulsherning ishonchiga kirdi, biroq norvegiyalik mutaxassis yangi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushadigan olti nafar markaziy himoyachilarni tanlab bo‘lgan.