Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futbol skautlari Shomurodov o‘yinini tahlil qilishmoqda (video)

Futbol skautlari Shomurodov o‘yinini tahlil qilishmoqda (video)

Baho:
+1 | -

Mavsumni juda yaxshi boshlagan "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov futbol mutaxassislari e’tiboriga tushishi turgan gap.

Jumladan, futbol skauti Varos Xachatryan hamyurtimizni "Rossiya premyer-ligasi ilk turlarining eng yaxshi hujumchilaridan biri" deb atagan va Eldorning "Spartak"ga qarshi o‘yindagi harakatlarini videotahlil qilgan (tahliliy VIDEOni telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin).

"Universal va barqaror hujumchi. U juda yaxshi ochiladi, to‘pni egallaganidan keyin samarali harakat qiladi va jamoadoshlarini yaxshi vaziyatga olib chiqadi. Ortida turgan jamoadoshlarini yaxshi his qiladi va boshni ko‘targan holda o‘ynaydi. Maydonni yaxshi ko‘ra oladi", — deya xarakteristika bergan Shomurodovga nisbatan Xachatryan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:06, 30.07.2019.
O'qildi: 12973 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик