Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Sardor Rashidov: «Evropa maydonlarida to‘p surganimdan xursandman»

Sardor Rashidov: «Evropa maydonlarida to‘p surganimdan xursandman»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov kuni kecha “Qatar SK” klubi a’zosiga aylandi.

Bunga qadar Portugaliyaning “Nasyonal” klubi safida o‘ynab kelayotgan mahoratli o‘yinchi yana o‘z faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 28 yoshli futbolchi O‘FA rasmiy saytiga yangi jamoasidagi ilk taassurotlari va rejalari xususida gapirib berdi.

- Portugaliya chempionatida o‘ynash orqali Yevropa futboli havosidan nafas olishga erishdim va bundan xursandman. Ana endi bor diqqat-e’tiborimni “Qatar SK” bilan muvaffaqiyatlarga erishish va grand klublarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishga qarataman.

Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig‘in o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in 8 avgust kuni yakuniga yetadi. Hali bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushamiz. Maqsadimiz – imkon qadar tezroq yaxshi formaga kirish. Zero yaqinda Qatarda yangi mavsum start oladi.

Qatarda mazmunli o‘yin ko‘rsatish orqali o‘zimga yanada ishonch olib, terma jamoamizga yaqinda boshlanadigan saralash bahslarida yordam berishga harakat qilaman.

Qatar chempionati men uchun begona emas, bu yerda to‘p surishni rosti sog‘ingan edim. “Qatar SK”ga o‘tishimda ilgari men faoliyat olib borgan “Al Jaish”dagi tanishlarimning ham xissasi katta bo‘ldi. Nasib etsa, ushbu klub safida mazmunli o‘yin namoyish etishga harakat qilaman, - dedi futbolchi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, jizzaxlik yarim himoyachi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Al Jaish” (Qatar), “Al Jazira” (BAA), “Lokomotiv”, “Nasyonal” (Portugaliya) klublari safida faoliyat olib borishga ulgurgan. 

Manba: UFA
Kiritildi: 22:30, 30.07.2019.
O'qildi: 6297 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик