Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Legionerlarimiz: Otabek Shukurov mashg‘ulotga qaytdi, Rustam Ashurmatov jamoasi g‘alaba qozondi

Legionerlarimiz: Otabek Shukurov mashg‘ulotga qaytdi, Rustam Ashurmatov jamoasi g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning “Sharja” klubi mohir yarim himoyachisi Otabek Shukurov "China Cup-2019" musobaqasida jarohat olganidan xabaringiz bor.



Ma’lum tanaffusdan so‘ng futbolchimiz yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Ayni paytda uning jamoasi Gollandiyada yangi mavsumga hozirlik olib bormoqda. Futbolchimizning tez orada batamom tuzalib, yana terma jamoa va klubiga o‘zining mazmunli o‘yini bilan foyda keltirishiga umid bildiramiz.

Janubiy Koreya K Liga-2da 21-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turda hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib borayotgan “Gvangju” o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Javlon Ibrohimov o‘ynayotgan “Suvon” bilan bahs yuritdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda “Gvangju” 2:0 hisobida zafar quchdi va hisobidagi ochkolar sonini 48 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda. Ushbu o‘yinda Ashurmatov 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Ibrohimov zaxirada qoldirildi. Javlon Ibrohimovning “Suvon” klubi ayni paytda 30 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.



Janubiy Koreya K Liga-1da faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyevning “Seul” klubi esa “Ulsan Xyonde” mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvda hamyurtimiz har galgidek o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 78 daqiqa o‘ynadi. Mazkur o‘yindan so‘ng “Seul” hisobidagi ochkolar 42tani tashkil etmoqda va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:27, 31.07.2019.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик