Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

Mandjukich APLda?!

Hozirda «Yuventus» va «Manchester Yunayted» jamoalari faol muzokaralar olib borayotganidan xabaringiz bor. «Jamoalar Dibala va Lukakuni ayrboshlashdan  tashqari Mario Mandjukichning transferini ham muhokama qilishmoqda», -  deb xabar tarqatmoqda «Goal» nashri.

Futbolchining o‘zi APLda to‘p surishni juda istamoqda. «Yuventus» Mandjukichni sotib yuborsa, tarkibda Moyze Kinni olib qolishi mumkin. Aynan shu sabab «keksa Seniora» «Manchester Yunayted»ning taklifini atroflicha o‘rganib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mario bundan avval «Atletiko Madrid» va «Bavariya» jamoalarida to‘p surgan edi.

«Real Madrid» yana bir futbolchi olishni istamoqda

Florentina Perez Pol Pogbani harid qilishning iloji bo‘lmagani bois, endi bor e’tiborini «Ayaks» jamaosining 22 yoshlik yarim himoyachisi Doni van De Bekka qaratishga qaror qildi.

«Real Madrid» futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilishga majbur. Gap shundaki, Doni van De Bek Gollandiya klubi bilan 2022 – yilga qadar shartnoma imzolagan va uning tavon puli yuqorida aytilganidek 60 million yevroni tashkil etadi. «Qirollik klubi» yarim himoyachiga haftasiga 140 ming yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

«Atletiko» o‘z dushmaniga taklif bilan chiqdi

«Atletiko Madrid» rahbarlari azaliy dushmanlari safidagi Hames Rodrigesning transferidan voz kechishni istamayapti.

«Fotbal Espana» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «matraschilar» futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilmoqchi. Bu pul «Real Madrid»ni to‘liq qoniqtirsada, 3 : 7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng azaliy raqiblariga futbolchi sotmasligi mumkin. «Qirollik klubi» o‘z o‘yinchisini asosiy raqiblariga sotish orqali ularni kuchaytirib yuborishdan cho‘chimoqda. Agarda Hames uchun boshqa klub bundan kamroq summa taklif qilsa ham, uni qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklarini rasman e’lon qildi.

"Inter" Lukakudan umid uzdi

«Le Gazzeta Della Sport» nashi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Inter»ning  Lukakuni sotib olishi uchun imkoniyatlari keskin kamayib ketdi. Gap shundaki, «Yuventus» katta ehtmimol bilan belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritadigan ko‘rinmoqda. «Inter» jamoasi Lukakuni qo‘lga kirita olmasa, ikkita hujumchidan birini harid qilishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri «Atalanta» jamoasi forvordi Duvan Sapata bo‘lsa, ikkinchisi «Ayntraxt» hujumchisi Ante Rebich.

Bu ikki futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqishga ulgurgan italiya klubi ijobiy javob olishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda bu ikki nomzoddan birni tanlash lozim.

«Milan» rad javobini oldi

«PSJ» jamoasi hujumchisi Edinson Kavani «Milan» jamoasidan tushgan taklifni rad etdi.
Futbolchi Italiyaga qaytadigan bo‘lsa, «Napoli»  boshqa klubda to‘p surmasligini rasman e’lon qildi. Italiya klubi Gap shundaki, Kavaning «PSJ» bilan tuzgan shartnomasi 2020 – yilda o‘z yakuniga yetadi. Agar futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma tuzmasa, erkin agent sifatida boshqa klub safiga o‘tishga haqli.

«Manchester Siti» Sanening narxini belgiladi

Myunhenning «Bavariya» jamoasi Leroy Saneni qo‘lga kiritish uchun harakatlarni boshlaganidan xabaringiz bor. Bu borada nemis klubi o‘zining ilk taklifini ham yuborishga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor.

O‘tgan hafatada «Bavariya» «Man Siti» uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi edi. «The Telegraf» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Manchester Siti» o‘z futbolchisning narxini e’lon qildi. Unga ko‘ra Saneni qo‘lga kiritishni istagan jamoa 150 million yevro to‘lashi lozim bo‘ladi. Bu borada «shaxarliklar»ning rasmiy sayti ham ma’lumot bermoqda. Agarda Sane 150 milliondan kamiga sotilmasa, «Bavariya» futbolchini deyarli qo‘ldan chiqardi degan gap!

Falkaoning kelajagi aniq

«Monako» jamoasi hujumchisi Rodamel Falkao o‘z kelajagi borasida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra Falkao «Galatasaroy» jamoasining taklifni rad etadi va qishgacha jamoada qoladi. Shundan so‘ng shu kunlarda kelishib olgan Xitoy klubiga yo‘l. oladi. Futbolchining keyinig klubining nomi ma’lum emas. Kolumbiyalik futbolchi o‘zining so‘nggi mavsumlarida kattaroq pul ishlab olishni avzal ko‘rdi va shu yo‘lni tanladi deb xabar bermqoda Italiyalik journalist Fabritsio Romano

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 01.08.2019.
O'qildi: 2736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.