Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlari berishda davom etamiz.

Ben Arfa Italiyaga yo‘l olishi mumkin

32 yoshik futbolchi hozirda erkin agent maqomida ekanligidan xabaringiz bor. Futbolchi shu kunlarda «A seriya» vakili bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi. Yakunlangan mavsumda «Ren» jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchi shu kunlarda Italiyaning «Sampdoria» jamoai bilan muzokarlar o‘tkazmoqda.
Shuningdek futbolchiga Ispaniyaning «Betis» jamoasi 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchi kelajak borasida hali qaror qabul qilmagan bo‘lsada, katta ehtmol bilan Italiyada o‘z faoliyatini davom ettiradigandek ko‘rinmoqda.
 
Maguayerning maoshi aniq bo‘ldi

«Tulkilar» sharafini himoya qilayotgan Maguayerning transferi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Unga ko‘ra ingiliz nashrlarining xabar berichicha, futbolchining «Manchester Yunyted»dagi maoshi hozirgi jamoasinikidan 2 barobar ko‘proq bo‘lib, haftasiga 150 ming yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari futbolchi sovrinlarni qo‘lga kiritish orqali qo‘shimcha bonuslardan ham pul ishlab olishi mumkin.

Tomonlar hozirda futbolchining transfer qiymati borasida muzokalarning yakuniy qismiga yaqinlashib qolishdi. «The Sun» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchi uchun 80 million yevro berishi kutilmoqda.

«Bordo» «Arsenal» yetakchsini qo‘lga kiritishga yaqin

«Bordo» klubi matbuot markazi direktori Eduardo Makia tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Fransiya klubi «Arsenal» klubining sobiq sardori Loran Koselni bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
“Biz bu futbolchi bilan shartnoma imzloshani juda istayapmiz. U chinakam yetakchi va o‘z pozisiyasidagi eng kuchli futbolchilardan biri. Hozirda u «Arsenal» futbolchisi va uning kelajagi borasida biror nima ayta olmaymiz.” - , deb intervyu berdi Eduardo Makia klub rasmiy saytiga.
Hozirda «Arsenal» futbolchisning Fransiya klublaridan birga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bilan hozirda  «Monako», «Marsel» va «Ren» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Yuventus» «Barselona» bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Turin klubi «Barselona» jamoasining 19 yoshlik himoyachisi Xuan Miranda borasida muzokalar o‘tkamzoqda.
«Barselona» jamoasi o‘z himoyachisini qaytarib olosh sharti bilangina sotishini e’lon qildi. «Yuventus» esa, futbolchi uchun 15 million yevro to‘lab uni to‘liq sotib olishni niyat qilgan. «Yuventus» himoyachini ortga qaytarib olish shartisiz harid qilish uchun transfer summasini yana ozgina ko‘tarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun shuningdek, «Everton», «PSJ», va «Manchester Siti» jamoalari ham bor.

«Monako» darvozabon topti

«Le Gazzeta Della Sport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Yuventus» jamoasi darvozaboni Matia Perin faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Gap shundaki, futbolchi «Yuventus»da ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lishni istamayapti. «Yuventus» o‘z darvozabonini 13 million yevrdan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.  
Hozirda darvozabon bilan «Monako» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Tomonlar futbolchi borasida shu kunlarda kelishuvga erishishi mumkin.
Matia Perin uchun shuningdek «Aston Villa» va «PSJ» jamoalaridan ham takliflar mavjud.

«Tottenhem» shoshilmoqda

Rayan Sessenioning transferini hali – hamon rasmiylashtira olmagan klubdan muxlislar norozi. Gap shundaki, «Tottenhem» jamoasida birdaniga uchta chap qanot himoyachisi bo‘lishini istamayapti va Deni Rouzning transferidan so‘nggina Rayan Sessenionni xarid qilishni reja qilishgan. Bu orada futbolchining agenti boshqa klublar bilan ham muloqatda bo‘lib turibdi. Agarda «Tottenhem» tezroq harakat qilmasa Futbolchi transfer oynasi yopilguniga qadar boshqa klub bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Angiliyada transfer oynasi 8 – avgust sanasida o‘z yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:46, 03.08.2019.
O'qildi: 13443 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.