O‘zbekiston Superligasi 15-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra, Superliga 15-turining eng yaxshi darvozaboni deb "Metallurg" posboni Aleksandr Lobanov topildi.
Lobanov “Nasaf”ga qarshi bahsda ajoyib seyvlar amalga oshirib,ko‘plab vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Shu tariqa, Lobanov jamoasini safardan 3 ochko bilan qaytishini taminladi. Shuningdek Lobanov mazkur turning ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lobanov saytimiz talqiniga ko‘ra uchinchi marta tur darvozaboni deya topildi.