Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Muxlislar qurboniga aylangan futbolchilar

Muxlislar qurboniga aylangan futbolchilar

Baho:
+1 | -1

Afsuski, barcha futbolchilar ham muxlislar ardog‘ida bo‘lavermaydi. Ba’zan omad ulardan yuz o‘girsa, bazan o‘zlari bilmay qilgan xatolari sababli muxlislarning g‘azabiga duchor bo‘lishadi…
Ba’zan ushbu g‘azab futbolchilarning hayotiga zomin ham bo‘ladi. Bugun e’tiboringizga futbol fanatlarlar qurboni bo‘lgan futbolchilar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Andreas Eskobar

1994 – yilda bo‘lib o‘tgan Mundialda Kolumbiya terma jamoasi fovoritlardan biri sanalar, jamoadan muxlislarning umidi katta edi. Afsuski, jamoa guruh bosqichining 3 – turiga kelib azaliy raqiblari sanalmish AQSHdan 2 : 1 hisobidagi alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishadi. Eng achinarlisi shundaki, hisob durang bo‘lib turgan bir paytda Andreas Eskobar o‘z darvozasini ishg‘ol qiladi va bir soniyada xalq dushmaniga aylanadi…
27 yoshdagi himoyachi aynan avtogolga qadar terma jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri edi va tez orada faoliyatini Yevropada davom ettirishi kutilayotgan edi. Omadsiz JCHdan so‘ng ortga qaytgan Kolumbiya terma jamaosi futbolchilari tez orada hammasi unutilib ketishidan umidvor holda yana eski hayot tarziga tushib ketishdi. Andreas Eskobar tunda mahaliy restoranlardan biridan chiqib o‘z mashinasiga yo‘l oladi. Afsuski, futbolchi o‘z mashinasining ichida otib ketiladi. Kolumbiya terma jamoasining ashaddiy muxlislaridan biri unga qarata 6 ta o‘q uzadi va har o‘q uzganida «gol» deb baqiradi…
Oradan ko‘p o‘tmay jinoyatni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olinadi va 42  yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Eng qizig‘i shundaki, qotil 10 yilda qamoqdan ozod bo‘lib chiqib ketadi…

Hayder Kadim

Iroqda futbol 2007 – yildagi qit’a chempionligidan so‘ng katta mashxurlikka erishdi va biroz chegaradan ham chiqib ketdi.
2009 – yilda Iroqning Xila shahri jamoalari o‘rtasidagi bahsda ayanchli voqea yuz beradi. Hisobni tenglashtirish uchun darvozabon bilan birga – bir vaziyatga chiqqan Hayder Kadim birdaniga yerqa qulab tushadi. Darvoza ortida o‘tirgan qiziqqon muxlislardan biri Hayder Kadimga qurolidan o‘q uzadi va futbolchi og‘ir tan jarohati oladi. Qotilni o‘sha zahoti qo‘lga olishgan bo‘lsada, futbolchining hayotini saqlab qolishning iloji topilmaydi. Aynan shu voqea sababli Iroq futbolida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lsada, vaziyat hali – hamon o‘nglanganicha yo‘q.

Franko Niyeto

Argentina chempionatining 3 – dvizionida to‘p suruvchi «Chikarito» va «Del Roxo» jamoalari o‘rtasida 2014 – yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning yakuniga ko‘pchilikning qalbini larzaga keltirgan bo‘lsa, ajab emas…
«Del Roxo» jamoasi futbolchilari o‘yin davomida juda qo‘pol futbol namoyish etishadi. Stadionga yig‘ilgan muxlislarning aksariyati o‘yindan so‘ng, raqib futbolchilari bilan «gaplashib» qo‘yishga kelishib olishadi va uchrashuvdan so‘ng «Del Roxo» jamoasi futbolchisi Franko Niyetoni mashinasini ta’qib qiladi va uni to‘xtashga majbur qilishadi. Nima bo‘layotganini tushunmay qolgan futbolchiga tashlangan muxlislar uni qo‘lga tushgan buyumlar bilan do‘pposlashadi… Jarohatlar ta’sirida futbolchi 2 kundan so‘ng olamdan o‘tadi. Afsuski, bu voqea OAV tomonidan to‘liq yoritilmagan…

Domenik Gashovskiy

Bunday xolatlar «ko‘hna qit’ada» ham sodir bo‘lib turadi. 2016 – yilda Polshaning «Katovets» klubining yosh yulduzi Domenik Gashovskiy raqib muxlislari qurboniga aylanadi… Mehmondagi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng ortga qaytayotgan futbolchini raqib jamoasi muxlislari o‘rab olishadi. Futbolchi ko‘pchilikka qarshi chiqishdan qo‘rqmaydi va ochiqchasiga o‘zini himoya qilishga tushadi. Sportchining qarshilik ko‘rsatayotganini bilgan raqib muxlislari pichoq yordamida Gashovskiyga bir necha bor tan jarohati yetkazishadi. Oqibatda, futbolchi voqea joyidayoq jon taslim qiladi. Keyinchalik  muxlislar to‘dasi to‘liq qo‘lga olinadi, lekin Domenikni ortga qaytarishning iloji yo‘q edi…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:32, 04.08.2019.
O'qildi: 9009 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.