Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Eng omadli haridlar

Eng omadli haridlar

Baho:
+1 | -

Eng omadli haridlarTransfer oynasi ham tobora o‘z yakuniga yetib bormqoqda. Ho‘sh kim o‘z pullarini to‘g‘ri sarflamoqda? Aynan shu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz. Bugun e’tiboringizga omadli haridni amalga oshirgan jamoalar va ular sotib olgan futbolchilar haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Sebastial Alle – «Vest Hem»

APL jamoasiga sharafini himoya qilish uchun o‘tgan futbolchining transferi katta shov –shuvga sabab bo‘lmagani qiziqarli holat. Nega deysizmi? Yakunlangan mavsumda «Ayntraxt» jamoasi sharafini himoya qilgan Luka Yovich va Alle bir hil darajadagi futbol  namoyish etgan bo‘lsada, negadir Yovichning transfer kompaniyasi omadliroq chiqdi. Aslida Alle mavsum davomida Yovichdan atigi 2 ta kam gol kiritdi va 9 bor golli uzatmani amalga oshirdi. Eng qizig‘I shundaki, u bu uzatmalarning 5 tasini aynan Yovichga bergan edi. Potensial borasida Yovichdan sira qolishmaydigan fransiyalik futbolchining transferi «Vest Hem» jamoasi uchun juda qo‘l kelishi aniq. Jamoa va muxlisalarning g‘ashiga tegishni sevuchi Arnautovichning jamoadan ketgani ham Allega qo‘l kelishi mumkin. Endilikda u asosiy tarkibda ko‘proq ko‘rinish beradi va tez orada APL muxlislarning yoqimtoyiga aylanishi kutilmoqda.

Pablo Sarabria - «PSJ»

«PSJ» jamoasi ko‘pchilikni hayratda qoldirib Pablo Sarabria transferiga qo‘l urdi. Gap shundaki, mutaxassislar bu transferning «PSJ» tarixidagi eng omadlisi bo‘lishini tahmin qilishmoqda. Gap shundaki, «PSJ» 18 million yevro evaziga o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqishi mumkin. Pablo o‘tgan mavsumda Seviliyaning hujumlarini tashkillashtirib berishni bir o‘zi uddaladi va mavsum davomida 15 ta golli uzatma berdi va o‘z hisobiga 12 ta gol yozib qo‘ydi. Uning statistikasi ikkinchi o‘rindagi xolat. Pablo maydon markazida hujumlarni tashkillashtirishda faol ishtirok etadi va Neymar, Mbappe, Kavani uchligini to‘p bilan ta’minlab tura oladigan darjada iqtidorli futbolchi. Bu transfer tez orada o‘z mevasini berishi aniq.

Paolo Lopez – «Roma»

«Roma» jamoasi rahbari sifatida tayinlangan Janlukka Petraki klubdagi atmosferani butunlay o‘zgartirib yubordi. U eng katta maosh oluvchi futbolchilarni ( De Rossi, Pastore, Nzonzi) sotib yubordi va birin ketin sifatli va iqtidorli futbolchilarni jamoaga jalb qilishni boshladi. Paolo Lopez ana shunday futbolchilardan biri sanaladi. «Betis» klubidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng iqtidorli futbolchini harid qilgan rimliklar katta foyda qilishlari turgan gap. Gap shundaki, Alisson ketgachm «Roma» safida aynan darvozabon borasida muammolar paydo bo‘layotgan edi. Bundan tashqari, jamoa hozirda bir nechta kelajagi porloq futbolchilar bilan muzokalar o‘tkazmoqda. Qisqacha qilib aytganda «Roma» yangi uslubdagi siyosatga to‘liq kirishb ketdi.

Ndombele – «Tottenhem»

22 yoshlik futbolchini 60 million yevro evaziga harid qilgan «Tottenhem» o‘yinchi uchun haftasiga 200 ming yevro maosh belgilangan shartnoma ham taklif qildi. Pul tejash borasida hammadan bir qadam oldinda yuradigan jamoa tomonidan amalga oshirilgan bunday transfer kishini hayron qoldirishi aniq. Shunga qaramasdan, bu transferni qo‘rqmasdan eng omadlilaridan biri desak bo‘ladi. Nega deysizmi? Gap shundaki, Ndombele mana bir necha yildan beri Mussa Dembele, Vanyama singari futbolchilar to‘liq yopa olmagan tayanch yarim himoyani to‘liq yopa oladigan darajada salohiyatga ega futbolchi. Uning tayanch zonasidagi foydali harkatlari shu qadar ko‘p-ki, Ndombele bir o‘zi ikkita tayanch yarim himoyachisi bajaradigan ishni uddalay oladi. Bu esa, «shporlar»ga maydon markazida 2 ta hujumkor yarim himoyachi bilan harakatlanish imkonini beradi. Shunday ekan, Pochetinoni ajoyib transfer bilan tabriklasak, bo‘ladi.

Matteys De Ligt - «Yuventus»

Ushbu transfer orqali «Yuventus» tamomam boshqacha siyosat yurgizayotganini futbol olamiga ko‘rsatib qo‘ydi. Darhaqiqat, «keksa seniora» endi erkin agentlarni qo‘lga kiritadigan jamoa emas, endi ular kuchli futbolchilar uchun kurashlarda yutib chiqa oladigan chinakam grand klubga aylandi. «PSJ», «Barslelona» sinargari super klublarni ortda qoldirgan jamoa yangi darajaga chiqib bormoqda.

Hozirda «Yuventus»ning afsonaviy himoyachilari tezlik borasida oqsashmoqda. Gollandiyalik esa, markaziy himoyada ularning xatolarini yopibgina qolmay, jamoaning yangi hujumini boshlashda ham faol o‘yin namoyish eta oladi. Bundan tashqari, bu transfer «Yuventus»ning xalqaro bozordagi savdo ishlarida ham unumdorlikni oshirishi aniq. Endi klubga bo‘lgan e’tibor yanada oshadi jamoa Sarri qo‘l ostida istalgan taktikada o‘ynashga qodir xolatga keladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:35, 05.08.2019.
O'qildi: 10354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.