Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Eldor Shomurodov RPL 4-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Eldor Shomurodov RPL 4-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

"Futbol na kulichkax" veb-sayti Rossiya chempionati 4-turining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodovga mazkur jamoaning hujum chizig‘idan joy berildi.


"Eldor Shomurodov mavsum dastlabki qismida juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. U mazkur mavsumda 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Rostov" forvardi o‘tgan mavsum davomida aynan shuncha to‘p kiritgan edi. «Ural»ga qarshi o‘yinda Eldor zarba berish payida bo‘ldi va uning imkoniyatini topdi. U avvalroq hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo uning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. Ikkinchi bo‘limda u Bayramyanning uzatmasini yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi va to‘pni to‘sin ostiga joylab qo‘ydi. Futbolchi o‘yin davomida gol urish uchun yana ikkita imkoniyatga ega bo‘ldi. Fakt: Shomurodov «Ural» darvozasi tomon 5 marta zarba berdi", — deya izoh berdi FNK hamyurtimizning 4-turdagi o‘yiniga.

Darvoqe, FNK Shomurodovni 3-tur ramziy terma jamoasiga ham kiritgan edi.

Rossiya premyer-ligasi 4-tur ramziy terma jamoasi (FNK versiyasi).

Darvozabon — Aleksandr MAKSIMENKO (Spartak)

Himoyachilar – Mario FERNANDES (SSKA), Urosh SPAYICH (Krasnodar), Toni SHUNICH (Dinamo), Yevgeniy XARIN (Axmat)

Yarim himoyachilar – Ibragim SALLAGOV (Sochi), Vilmar BARRIOS (Zenit), Roman YEREMENKO (Rostov, 2)

Hujumchilar – Fyodor SMOLOV (Lokomotiv), Eldor SHOMURODOV (Rostov, 2), Fedor CHALOV (SSKA, 2)

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 05:43, 06.08.2019.
O'qildi: 7609 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик