Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hech kimga kerak bo‘lmagan futbolchilar

Hech kimga kerak bo‘lmagan futbolchilar

Baho:
+ | -1

Transfer evaziga jamoaga kelib qo‘shiladigan futbolchilarning barchasi ham ishonchni oqlayvermasligi hech kimga sir emas. Bugun ana shunday omadsiz transferlar evaziga futbolchidan qutila olmayotgan klublar va keraksizga aylangan futbolchilar haqida so‘z boradi

Markos Roxo

Argentinalik himoyachi «Manchester Yunayted» safiga 25 million yevro evaziga kelib qo‘shilganida, ko‘plab muxlislar «qizil iblislar» omadli transferni amalga oshirdi deb hisoblagan edi. Afsuski, oradan 5 yil o‘tib shunisi ayonki, Roxoning transferi deyarli o‘zini oqlaganicha yo‘q. To‘gri, futbolchi yangi jamoadagi ilk mavsumlarida asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq deyarli hech narsani isbotlay olmadi. Hozirda Sulsher uning hizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini ochiqchasiga e’lon qilgan bo‘lsada, futbolchining klubda qolishdan boshqa chorasi yo‘q, sababi uni harid qilishni istagan birorta klub topilmadi. Oqibatda, Roxo katta ehtimol bilan yangi mavsumni zahira o‘rindig‘ida o‘tkazadi.

Mangala

«Portu»dagai ajoyib o‘yinlari sababli 2014-yilda «Manchester Siti» safiga o‘tgan himoyachidan muxlislarning umidi katta edi. Gavda bilan yaxshi o‘ynaydigan, jismonan baquvvat va tezkor himoyachi Pelegrini davrida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan bo‘lsada, Gvardiolaning kelishi uning kariyerasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ispaniyalik mutaxassis Mangalaga deyarli o‘ynash imkonini qoldirmadi. Futbolchi avvaliga «Valensiya», «Everton» singari klublarda ijara asosida to‘p surgan bo‘lsa, keyinchalik «shaharliklar»ning ikkinchi jamoasiga o‘tkazib yuborildi. Futbolchi hozirda o‘zining formasini tiklashga urunmoqda. Afsuski, «Man Siti» uni deyarli unutib ham yuborgan. Mangala hozirda faqat qog‘ozdagina Gvardiolaning shogirdi hisoblanadi. Aslida, qahramonimiz bu mutabbiy qo‘l ostida birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushganicha yo‘q. Futbolchi qanchalar boshqa klubga o‘tishni istamasin, birorta klub Mangala bilan shartnoma tuzishni istamayapti.

Jo Hart

Gvardiola tomonidan «sindirilgan» yana bir futbolchi. Hart ispaniyalik mutaxassis kelgunigaqadar 8 yil davomida klubning birinchi raqamli darvozaboni edi. Bundan tashqari muxlislarning eng yoqimtoyi ham edi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Gvardiola futbolchini oyoq bilan o‘ynay olmagani uchungina o‘z hisobidan chiqaradi va Jo uchun ijaralar ketma-ketligi boshlanadi. Avvaliga «Vest Hem» so‘ngra «Torino». Xatto «Byornli» jamoasi sharafini himoya qilgan darvozabon raqobatda Tom Hittonga yutqazib qo‘ydi. Hozirda klubning ikkinchi darvozaboni sanaladigan Jo o‘z darajasiga boshqa qayta olmadi. Hozirda hech kimga keragi bo‘lmagan darvozabon uchun ikkita variant qoldi. Birinchisi, «Chempionship» klublaridan birida to‘p surish bo‘lsa, ikkinchisi katta maosh to‘lanadigan Xitoy klublaridan biriga o‘tish. Hozircha APL klublaridan hech biri uni o‘z safiga qo‘shib olishni istamayapti.

Jerom Boateng

2014-yildagi mundialda g‘olib chiqqan markaziy himoyachi o‘zining aqlbovar qilmas o‘yinlari bilan ko‘lab grandlarning e’tiborini tortgan edi. Myunhen klubidagi ishtiroki bilan dunyoning eng kuchli universal himoyachilaridan biri sifatida tan olingan futbolchining o‘yini birdan pasayib ketdi. Birin-ketin olingan jarohatlar bois futbolchi katta futboldan chetda qola boshladi. Oqibatda, uning transfer qiymati ham sezilarli darajada pastladi. O‘zining 30 yoshida «Bavariya»ga keraksiz bo‘lib qolganini anglagan Jerom boshqa jamoaga o‘tishi haqida rasman bayonot bergan bo‘lsada, birorta klub jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib olishni istamadi. Niko Kovach qo‘l ostidagi «Bavariya»da esa, unga joy topilmayotganiga ancha bo‘ldi. Shunday ekan, yana bir iqtidorli futbolchi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Gonasalo Iguain

Turin super klubi uchun chinakam boshog‘riqqa aylangan futbolchi haqida to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmas edi.

Gap shundaki, «Yuventus» argentinalik futbolchi uchun klubni tark etishi evaziga 5 million yevro va’da qilgan bo‘lsada, futbolchi jamoada qolishga qaror qildi va ko‘plab muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘atdi. Aynan uning qaysarligi bois «Yuventus» Moyze Kinni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi va turinliklar juda iqtidorli futbolchidan biroz fursatga ayrilishdi. Hozirda 32 yoshdagi futbolchining jismoniy holati havas qilsa bo‘ladigan holatda emas.  Ijara asosida«Chelsi», «Milan» singari jamoalarda omadsiz to‘p surgan futbolchi o‘z kariyerasiga kattagina dog‘ tushirib qo‘ydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:15, 08.08.2019.
O'qildi: 9848 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.