Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

«Paxtakor-79» xotira turniri: O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Qayrat»ni mag‘lub etdi

«Paxtakor-79» xotira turniri: O‘zbekiston U-16 terma jamoasi «Qayrat»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, bu yil "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatiga 40 yil to‘ladi. Ayni damda mazkur sanaga katta hozirlik ishlari olib borilmoqda. 

Jumladan, "Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlab xalqaro "Xotira qanotlari" turniri o‘tkazilmoqda. Unda 12 jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar qatnashishadi. O‘zbekistonning 10 jamoasi bilan birga Qozog‘istonning "Qayrat" va Ukrainaning "Paxtakor-Kurilovka" ham unda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar "Chilonzor", O‘FA va "Chig‘atoy" stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o‘yinda AGMK yoshlariga qarshi bahs yuritib, 5:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Ikkinchi o‘yinda terma jamoamiz andijonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston U-16 7:0 hisobida zafar quchdi.

Bugun esa O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga Qozog‘istonning "Qayrat" klubi yoshlari raqiblik qildi. Uchrashuvda vakillarimiz 2 ta to‘p farqi bilan zafar quchishdi. 

 

O‘zbekiston U-16 – Qayrat 2:0

Gollar: Alisher Xayrullayev (48), Obloyor Rahmatov (51). 

O‘zbekiston U-16: Asror Kenjayev, Abdulaziz Toshkenboyev, Elyor Yulbarsov, Mirxait Xoldarov, Tohir To‘xtasinov, Abduqodir Husanov, Rian Islamov, Alisher Xayrullayev, Shahzod Akramov, Obloyor Rahmatov, Jasur Ahmedov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Diyor Inomov, Aziz Hakimov, Jamol Rahimov, Sarvar Bahodirov, Nodir Abdurazzoqov, Bobur Mo‘ydinov.  

Manba: UFA
Kiritildi: 12:19, 08.08.2019.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.