Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Manchester Siti» tasdiqladi: Sane operasiya qilinadi

«Manchester Siti» tasdiqladi: Sane operasiya qilinadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Sanening o‘ng tizzasi bo‘g‘imi jarohatlanganini klub rasman tasdiqladi.

23 yoshli futbolchi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan «Liverpul»ga qarshi Angliya superkubogi bahsida (1:1, 5:4 – penaltilar bo‘yicha) jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Germaniyalik futbolchi kelasi haftada operasiya qilinadi. Sane to‘liq tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida hozircha aniq ma’lumot berilmayapti.

Futbolchiga «Bavariya» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Myunxenliklar endi bu transferdan voz kechishidami yoki yo‘q, bunisi noma’lum.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:46, 08.08.2019.
O'qildi: 3760 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик