Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Liverpul» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (videosharh)

«Liverpul» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (videosharh)

Baho:
+-1 | -

Angliya premyer-ligasining yangi mavsumi start oldi. O‘tgan mavsum vise-chempioni — " Liverpul" o‘z maydonida "Norvich"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mersisaydliklar tanaffusga qadar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishdi. Mavsumning dastlabki golini mehmonlar futbolchisi Grant Xenli o‘z darvozasiga urgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Divok Origi o‘z hisoblariga bittadan gol yozishdi. "Norvich" ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bitta to‘p kiritdi, xolos.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozonib, 3 ochkoni o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘yishdi.

Angliya premyer-ligasi, 1-tur
Liverpul – Norvich 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Xenli, 2:0 – 19 Saloh, 3:0 – 28 van Deyk, 4:0 – 42 Origi, 4:1 – 64 Pukki.
Liverpul – Alisson (Adrian, 39), Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabinyo, Veynaldum, Saloh, Firmino (Milner, 86), Origi (Mane, 74).
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Maklin, Tribull (Ernandes, 70), Buendia, Shtipermann (Lyaytner, 58), Kentuell, Pukki (Drmich, 83).
Ogohlantirishlar: Lyaytner (60), Buendia (65).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:40, 10.08.2019.
O'qildi: 11223 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик