Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Samvel Babayan: "Bunday ob-havoda o‘ynash juda qiyin bo‘ldi"

Samvel Babayan: "Bunday ob-havoda o‘ynash juda qiyin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliga 16-turi doirasida "Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bir necha kun ichida bir raqib bilan ikki marta, bunday noqulay ob-havoda o‘ynash juda qiyin. Yigitlarning bugungi ko‘rsatgan o‘yinlaridan mamnunman. Bugun ular g‘alabagaloyi qedilar. Men uchun jamoam har bir o‘yinda mana shunday maksimal ravishda harakat qilishlari juda muhim. Ular kurashishyapti, faqatgina shu orqali g‘alabalar qo‘lga kiritiladi. Bugun esa uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz uchun vaziyatlardan foydalansak bo‘lgani edi. Bugun o‘yin davomida yigitlarga qattiqroq kurashishlarini taʼkidlab o‘tdim.

Hozirda oson o‘yinlarning o‘zi yuq. Raqiblar osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. Jamoamiz bugun "Lokomotiv" uchun, kollektiv uchun kurashishdi. Shu boisdan ularga yana bir bor rahmat aytib o‘taman.

Natija borasida aytib o‘tishim mumkinki, muxlislar ham ikki tomon ham bunga rozi bo‘lishlari kerak. Sardor Qobuljonov bugun ajoyib o‘yin namoyish qildi. Bizning tarbiyalanuvchimiz, biz futbol yoʼllarini ochgan darvozabon shunday darajaga yetgani bizni quvontiradi.

Bugun "Surxon" muxlislari o‘yin davomida bizga ruhiy bosim berishga harakat qilib turishdi. Bunday o‘yinlar yoddan chiqmaydi. Jamoamizning potentsiali yuqori. Hozirda biz himoyada, tezkor qarshi hujumlarga o‘tishda yoʼlga qo‘yilayotgan xatolarni to‘g‘rilay olamiz. Bunga imkoniyatimiz yetadi. Oldindagi vazifamiz - chiroyli o‘yin ko‘rsatish va yaxshi natijalarga erishish.

- Jamoa safar o‘yinlarida g‘alabaga erisha olmayapti. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Safarda mag‘lub bo‘layotgan o‘yinlarimizda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlarga ega bo‘lyapmiz. Bulardan foydala olish esa bizning muammomiz bo‘lib turibdi. O‘yin sifati va boshqa jihatlar borasida raqiblardan kam joyimiz yuq.

- "Bunyodkor" bilan oradagi farq qisqarib ketayapti. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Bu yilgi chempionat qiziqarli o‘tayapti. Ko‘plab jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Biz oldindagi har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ayniqsa, ruhiy tayyorgarlik hozirda birinchi o‘rinda. Bugun g‘alabaga loyiq edik. O‘yinning foni shunday demoqda. Natijani unutamiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:12, 10.08.2019.
O'qildi: 8278 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик