Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. Lempard debyut o‘yinida «MYU»ga yirik hisobda yutqazdi

APL. Lempard debyut o‘yinida «MYU»ga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 1-turi doirasida markaziy o‘yin yakuniga yetdi. Frenk Lempard boshchiligidagi "Chelsi" "Old Trafford"da yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Londonliklar bahsni faol boshlagan bo‘lsalar-da, o‘yinning 18-daqiqasida himoyachilarning ehtiyotsizligi tufayli ularning darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrli nuqta oldiga Pogba emas, Reshford yaqinlashdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bahsning 34-daqiqasida Reshford yana bir marta darvozani ishg‘ol qilgan edi, ammo VAR tizimi bu golni bekor qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida "Chelsi" ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Barkli yakkama-yakka vaziyatda De Xeani dog‘da qoldira olmagan bo‘lsa, Emersonning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa "Manchester Yunayted" o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Dastlab maydon egalari qarshi hujumda raqibini jazoladi. Gol muallifi — Antoni Marsial. Oradan 2 daqiqa o‘tib Pogbaning uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Arrisabalagani dog‘da qoldirdi.

Bahs tugashiga 9 daqiqa qolganida esa "MYU" safida debyut o‘yinini o‘tkazayotgan Daniyel Jeyms qulay imkoniyatni qo‘l boy bermay, o‘z hisobiga gol yozdi.

Shu tariqa, Lempardning "Chelsi"dagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Angliya premyer-ligasi, 1-tur
Manchester Yunayted – Chelsi - 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 18, penalti Reshford, 2:0 – 65 Marsyal, 3:0 – 67 Reshford, 4:0 – 81 Jeyms.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Pogba, Lingard (Mata, 86), Maktomini, Pereyra (Jeyms, 74), Marsyal, Reshford (Grinvud, 86).
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kristensen, Maunt, Barkli (Pulishich, 58), Jorjinyo (Kante, 73), Kovachich, Pedro, Abraxam (Jiru, 66).
Ogohlantirishlar: Zuma (36), Lingard (48), Jorjinyo (52), Abraxam (57), Lindelef (69), Marsyal (80), Kante (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:20, 11.08.2019.
O'qildi: 5304 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик