Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Afsonalar o‘yinida do‘stona durang

Afsonalar o‘yinida do‘stona durang

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar xotirasiga bag‘ishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa a’zolarini yodga oladigan chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi. "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Uchrashuvda esa stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar yaqin o‘tmishdagi futbol afsonalarining ajoyib harakatlaridan bahra olishdi. Katta yoshdagi muxlislar o‘yin davomida miriqib o‘zlarining suyuklilarini yana qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Har ikki jamoa a’zolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko‘rsatishga intilishdi. Bellashuv do‘stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznesov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

O‘zining oxirigacha kurashishi, sadoqati, intilishi bilan ishqbozlar qalbiga yo‘l topgan "Paxtakor-79" jamoasi xotirasini har doim yodga olamiz. Akademiyamizda tahsil olayotgan bolalarga shonli jamoaga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi to‘g‘risida doim ta’kidlanadi.

"Paxtakor-79" hamisha yodimizda va qalbimizda. Ular bilan faxrlanamiz!

"PAXTAKOR" - SOBIQ SSSR TERMA JAMOASI - 4:4 (3:2)
11 avgust. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog‘ayev, SH.Po‘latov.
"Paxtakor" (umumiy tarkib): Aleksey Roshin, Murod Aliyev, Denis Ivankov, Farhod Magomedov, Mahmud Sobirov, Islom Ahmedov, No‘’mon Hasanov, Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jasur Abduraimov, Ilhom Sharipov, Ja’far Irismetov, Ravshan Bozorov, No‘’mon Nurmatov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Oybek Usmonxo‘jayev, Baxtiyor Ashurmatov, Furqat Esonboyev, Pavel Bugalo, Sergey Lushan, Qayrat O‘taboyev, Sobir Xodiyev, Abduqahhor Ma’rufaliyev, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Nuriddin Amriyev, Yuriy Kurbiko.

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Quralbek Ordabayev, Ruslan Nigmatullin, Vladimir G‘ulomhaydarov, Vladimir Bessonov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznesov, Ruslan Mamedov, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Yemanov, Andrey Pyatniskiy, Vladimir Gusayev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis, Vasilis Xadzipanagis, Yevgeniy Yarovenko, Andrey Fyodorov.

Gollar: Azamat Abduraimov 8, 26, 50-pen, Bozorov 17 - Belanov 27, 51, 54, Kuznesov 28.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:46, 11.08.2019.
O'qildi: 7962 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.