Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Atletik» o‘z yetakchisi bilan shartnomani 9 yilga uzaytirdi

«Atletik» o‘z yetakchisi bilan shartnomani 9 yilga uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Atletik» hujumchisi Inyaki Uilyams jamoa bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Yangi shartnoma 9 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unga ko‘ra futbolchi 2028 yilga qadar Bilbaoda qoladi.

Ispaniyalik futbolchining tovon puli 135 million yevroga ko‘tarilib qo‘yildi.

Uilyams yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin edi. El Chiringuito tarqatgan xabarga ko‘ra, mankunianliklar hujumchi uchun 88 million yevro taklif qilishdi.

Uilyams Ispaniya La ligasining yakunlangan mavsumida 38ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uilyams Bilbaoda tug‘ilgan bo‘lib, 2015 yildan beri basklar sharafini himoya qilib keladi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 15:54, 12.08.2019.
O'qildi: 5673 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик