Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Neymarning «Real Madrid»ga o‘tishi borasida Messi nimalar dedi?

Neymarning «Real Madrid»ga o‘tishi borasida Messi nimalar dedi?

Baho:
+ | -1

Hozirda Neymarning «Real Madrid»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar real voqeaga aylanib bormoqda. Yevropaning mashxur nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Real Madrid» braziliyalik futbolchi uchun yiliga 40 million yevro maosh belgilangan 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan bir necha kun ilgari Neymarning «Real Madrid»ga o‘tishi haqidagi xabar butun futbol olamamini o‘ziga qarata oldi. Aynan shu mavzuda «Fut Bazza» nashri «Barselona» klubi futbolchilari  tomonidan intervyularni e’lon qildi. Biz esa, uni sizlarga ilindik.

Ernesto Valverde

Men uning ortga qaytishi borasida hech narsa deya olmayman. Kelajakda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Neymarning «Real Madrid»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarni eshitishni ham xohlamayman. Men faqat bir narsani bilaman. U ham bo‘lsa Neymar boshqa klub futbolchisi! Men esa, «Barselona» bosh murabbiyiman. To‘g‘risi, men faqat o‘z jamoam haqida bosh qotiraman. Yigitlardan ko‘nglim to‘q. Biz mavsum oldi uchrashuvlarida ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Umid qilamanki, rasmiy uchrashuvlarga qadar biz o‘z o‘yinimizni yanada kuchaytirib olamiz.

Jerard Pike

Neymar klubni, shaharni, va kiyinish xonasini biladigan ajoyib futbolchi. U «Barselona» nima ekanligni juda yahshi biladi! Shunday insonlar bor-ki, ular Neymar ketgach undan nafratlanib qolishgan. Yana kimdir uning «Barselona»dagi o‘yinlaridan hursand holda yangi jamoasiga kuzatib qo‘ygan. Endi u «PSJ» futbolchisi va u haqidagi savollar bizni juda charchatmoqda. To‘g‘risi uning ortga qaytishi meni quvontirgan bo‘lar edi. Afsuski, mening shaxsiy fikrim hech narsani o‘zgartirmaydi. U «Barselona»ga qaytishi uchun ko‘proq harakat qilishi lozim. U  buni chin dildan istasa, hammas amalga oshadi.

Uning «Real Madrid» safiga o‘tishi hazildan boshqanarsa emas. Men u bilan deyarli har kuni gaplashib turaman. Shu kunga qadar biror marotaba u bu mavzu haqida so‘z ochganicha yo‘q.  Bundan tashqari u Katoloniyani juda yahshi ko‘radi. O‘ylashimcha Neymar «Real Madrid»ga o‘tmaydi!

Artur

To‘g‘ri men uning do‘stiman, biroq Neymarni bu mavzudagi savollar bilan bezovta qilishni istamayman. O‘zi shundoq ham uni shu savollar bilan charchatib yuborishdi. Men u bilan boshqa mavzularda suhbat qurishni ma’qul ko‘raman. Uning «Real Madrid»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman. Neymar «Real Madrid» yoki «Barselona» jamoalaridan birida to‘p surishi borasida hech qanday ma’lumotim yo‘q. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Men «Barselona» muxlisi sifatida shuni aytishim mumkin-ki, Neymarni Kataloniyada hamma kutmoqda. Bu shahar qachonlardir uning uyi bo‘lgan. Men Neymardan bu shahar haqida juda ko‘p iliq so‘zlarni eshitganman.

Ochig‘i, «Barselona» muxlislari singari uning ortga qaytishini juda istayman.
Agarda «Real» Neymar uchun eng qulay shariotlarni yaratib bersa ham, u Madridda o‘zini yahshi his qila olmaydi. Neymar chinakam yulduz futbolchi va men u bilan terma jamoada birga to‘p surishdan zavqlanaman. U qanday qaror qabul qilishidan qat’iy nazar kelajakdagi ishlariga rivoj tilab qolman.

Messi

Neymarning «Real Madrid» futbolkasini kiyishi qo‘rqinchli tuyuladi. U «Barselona» uchun juda qadrli futbolchi bo‘lgani bois u haqida bunday ma’lumotlarni OAV eshitish biroz yoqimsiz. Men uni juda yahshi bilganim bois, shuni aytishim mumkin-ki, u bunday xatoga yo‘l qo‘ymaydi. Agarda Neymar Madridga ko‘chib o‘tsa, uning uchun dunyodagi eng kuchli klubning yo‘llari abadiy yopiladi.
Biz u bilan birgalikda ko‘plab sovrinlar yutibgina qolmay, dunyoning eng qudratli klubiga aylanganmiz. Uning «Real Madrid» jamoasiga o‘tishi jamoamiz va men uchun og‘ir zarba bo‘lishi aniq!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 00:22, 13.08.2019.
O'qildi: 23842 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик