Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APLdagi "yangilar" haqida qisqacha

APLdagi "yangilar" haqida qisqacha

Baho:
+ | -

Ushbu mavsum dunyoning eng kuchli chempionati sanaladigan APLga qaytgan  3 ta jamoa muxlisalari uchun o‘zgacha ruhda o‘tishi turgan gap. Bu klublarning oldiga qo‘ygan eng muhim yuqori dvizionda jon saqlab qolish desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun yangi mavsumda katta ehtimol bilan APLda qolish uchun kurash olib boradigan «yangilar» bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

«Norvich Siti»

Bu klubni chinakam APLdagi nemis jamoasi deb atasak bo‘ladi. Gap shundaki, bu jamoaning bosh murabbiyi germaniyalik bo‘libgina qolmay,  klub tarkibida naqd 10 ta nemis futbolchisi to‘p suradi. Jamoa bosh murabbiyi «championship»dagi g‘oliblikdan so‘ng,  o‘z uslubiga va futbolchilarga sodiq qolishga qaror qildi va elitada ham aynan shu yigitlar bilan ishtirok etadigan bo‘ldi.
Oliy dvizionga qaytgan 3 ta klub orasida «Norvich»ning jon saqlab qolish imkoniyati biroz ko‘proq. Sababi, «Norvich» boshqa klublar singari yuqori dvizionga chiqishi bilan birin ketin futbolchilar sotib olmadi va «Chempionship»da g‘olib bo‘lgan tarkibni mahkam ushlab qoldi. Eng qizig‘I shundaki, klubning o‘yinini kuchaytirish maqsadida (erkin agent) Drmichdan boshqa kattaroq transferni amalga oshirmadi. Klub yangi mavsumda to‘liq o‘z futbolchilarga suyangan xolda to‘p surishi aniq. Bu qaror klubning jamoaviy o‘yinini yanada kuchaytirishi va ichki muhitning a’lo darajada bo‘lishini ta’minlaydi.

«Sheffild Yunayted»

O‘tgan mavsumda «Chempionship»da chinakam shov-shuv ko‘targan klub mavsumni ikkinchi o‘rin bilan yakunladi va elitaga to‘ridan-to‘gri yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi.Eng qizig‘i shundaki, klub «Chempioship»dagi eng  kichik byudjetga ega bo‘lishiga qarmasdan, o‘ta mahoratli murabbiyning sayi harkatlari evaziga APLda to‘p surish baxtiga muyassar bo‘ldi.
«Sheffild Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Kris Uaylder o‘tgan mavsumda Angiliyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Qahramonimiz so‘rovnomada Gvardiola va Kloppni ham ortda qoldirib g‘olib chiqqani uning chinakam mutaxassis ekanligini bildiradi. Bu jamoada asosan Shotland, ingliz, irland va uelslik futbolchilar to‘p suradi. Britaniyalik yigitlardan tashkil topgan klub  jismoniy ustunlik evaziga «Chempionship»da ajoyib natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, klub APLga qaytgan bo‘lsada, birorta katta haridni amalga oshirmadi. Katta ehtimol bilan bu jamoa APLni tark etishi kutilmoqda. Shunday bo‘lsada, Kris Uaylder «nimadir» o‘ylab topishi hech gap emas!

«Aston Villa»

APLga qaytish yo‘lida «Vest bromvich» va «Derbi» singari jamoalar bilan bo‘lgan daxshatli o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan jamoaning transfer siyosati «Sheffild Yunayted»nikidan keskin farq qiladi.

«Aston Villa» yangi mavsumni tarkibdagi katta o‘zgarishlar bilan boshlashga qaror qildi. Bir qarashda, bu to‘g‘ridek ko‘ringani bilan qisqa muddat ichida bir nechta futbolchilardan kuchli jamoa tuzishning ilojo yo‘q. So‘zimizga o‘tgan mavsumda transferlarga juda katta pul sarflagan bo‘lsada, APLni tark etgan «Fulhem» yaqqol misol bo‘la oladi.
«Aston Villa» yangi mavsum oldidan transferlar uchun naqd 148 million yevro sarfladi.

Jamoa darvozabonlarni inobatga olmasa, har bir pozisiya uchun futbolchi harid qildi va APLga chiqish uchun katta mehnat qilgan yigitlarni chetga surib tashladi. Bunday qaror qanchalar o‘zini oqlashi nomalum. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:09, 13.08.2019.
O'qildi: 6270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.