Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu mavzudagi so‘ngi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.

«Inter» va «Fiorentina» futbolchi almashmoqchi

“Italiyaning ikki klubi «Fiorentina» va  «Inter» o‘zaro kelishgan holda o‘yinchi almashinuvini amalga oshirishni reja qilmoqda”,-deb xabar bermoqda   «Sky Sport» nashri

«Inter» «Fiorentina» himoyachisi Kristian Biragi bilan qiziqayotgan bo‘lsa, «Fiorentina» o‘z futbolchisi evaziga Dalbertni tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda.

Hozirda klublar o‘zaro kelishuvni amlaga oshirishga juda yaqin kelishdi. Agarda futbolchilar yangi klublari bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishsa, hafta oxirida transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

«PSJ» Dibalani qo‘lga kiritmoqchi

Turin super klubi hujumchisi Paolo Dibala «PSJ» e’tibor markazida turgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bu transfer tobora amalga oshishi ehtimoli oshib bormoqda.
Gap shundaki, Dibala bugun o‘z agenti bilan klubdagi kelajagi borasida kelishib olishi haqida o‘z ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirgan edi.

Futbolchi Sarrining o‘yin uslubiga mos kelmayotgani bois klubni tark etishi mumkin. Parij klubi futbolchi uchun yiliga 12 million yevro maosh belgilangan 5 yillik shartnoma taklif qilishga ham ulgurdi. Voqealar rivoji shu kunlarda aniq bo‘lishi kutilmoqda.

«Real Madrid» Kazemiroga shartnoma tayyorlamoqda

«Mundo Deportivo» nashri tarqatgan xabarlaga qaraganda, transfer oynasi yopilgach, «Real Madrid» markaziy yarim himoyachicb Kazemiro bilan shartnoman uzaytirmoqchi.

Zidan va rahbriyat futbolchining o‘yinidan mamnun ekanligini va futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma tuzishga tayyorgarlik boshlanganligi borasida rasmiy bayonot bilan chidi.

Braziliyalik futbolchining klub tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. «Real Madrid» o‘z o‘yinchisiga 3 yillik shartnoma taklig qilishi kutilmoqda.

Perishich Myunhenda

Myunhenning «Bavariya» jamoasi Xorvatiya terma jamoasi yetakchsi Perishichni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

Futbolchi kecha «Inter»ning o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi va Myunhenga uchib ketdi. Agarda shaxsiy shartnoma borasida kelishuv amalga oshsa, Perishich tibiiy ko‘rikdan o‘tadi.
«Bavariya» futbolchini 20 million yevro to‘lab sotib olish sharti bilan 5 millon yevro evaziga ijaraga olmoqchi. «Inter» xorvatiyalik futbolchidan iloji boricha tezroq qutulishni niyat qilmoqda. Gap shundaki, klubning yangi ustozi Antonio Konte Perishni o‘z rejalarida yo‘q ekanligi haqida bir necha bor rasman e’lon qildi.

«Yuventus» o‘z uslubida

Turinning «Yuventus» jamoasi o‘z uslibida futbolchilarni tarkibga qo‘shi olishda davom etmoqda.

Shu kunlarda «Real Madrid» jamoasining nishonida turgan Kristian Erikson keyingi mavsumda «Yuve» futbolchisiga aylanishi mumkin. Gap shundaki, «keksa seniora» Eriksonni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda va daniyalik futbolchi bilan shartnoma borasida ilk muzokaralarni o‘tkazgan.

Agarda futbolchi yanvar oyiga qadar «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirmasa, Turin jamoasi bilan kelishib olishga haqli. «Tottenhem» Eriksonni klubda eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga urunayotgan bo‘lsada, futbolchi katta ehtimol bilan qishda boshqa klub safiga o‘tishga rozilik bildiradi.

Shuningdek, futbolchini erkin agent sifatida «Atletiko Madrid» va «PSJ» jamoalari ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:17, 13.08.2019.
O'qildi: 12125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.