Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu mavzudagi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

«Real Madrid» Neymarni qo‘lga kiritmoqchi

Madrid super klubi Neymar transferi borasida jiddiy ishlarni amalga oshirmoqda. «Real Madrid» jamoasi Pol Pogbani qo‘lga kirita olmagach, bor e’tiborini Neymarni qo‘lga kiritishga bel bog‘ladi.

«Real Madrid» Neymarni qo‘lga kiritish uchun transfer summasining katta qismini o‘z futbolchilarini berish yo‘li bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.

«The Sun» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Real Madrid» futbolchi uchun Marselo, Varan va Iskoni taklif etadi. Bundan tashqari 50 million yevro ham qo‘shib beriladi.

«PSJ» Neymar bilan bo‘lgan muommolardan charchagani bois, uni tezroq sotib yuborishni istamoqda. Gap shundaki, «PSJ» muxlislari Neymarni ketishini talab etishmoqda.
 Hozirda futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Real Madrid»dan boshqa klubda moliyaviy imkoniyat mavjud emas.

«Barselona» «Bavariya»ga rad javobini berdi

Myunhenning «Bavariya» klubi braziliyalik futbolchini qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin.
Gap shundaki, «Bavariya» pul tejash va ehtiyotkorlik yuzasida Koutinyoni bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. Bu esa, Kataloniya klubini umuman qoniqtirmayapti. Agarda «Bavariya» «Barsa» futbolchisi uchun 110 milion yevro bermasa, «Barselona» Koutinyoni Neymar transferining bir bo‘laga sifatida parij jamoasiga taklif qilishga qaror qildi.

Shuningdek, «Bavariya»ning tejamkor taklifi Koutinyoning o‘zini ham u qadar qiziqtirayotgani yo‘q.

Agarda «Bavariya» futbolchi uchun pul to‘lashni istamasa, Frank Riberining o‘rniga boshqa futbolchi izlashiga to‘g‘ri keladi.

Hozirda nemis klubi  braziliyalik futbolchini qo‘lga kirita olmasa, «Bayer» yarim himoyachisi Leon Beyli nomzodini ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Staridj 13 ta taklif oldi

29 yoshida erkin agentga aylangan Daniyel Staridjning kelajagi borasidagi takliflar tobora ko‘payib bormoqda.

«Telegraf» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, futbolchini qo‘lga kiritish uchun 13 ta klub taklif bilan chiqqan. Ular orasida Italiyaning «Baloniya», Turkiyaning «Beshiktosh» Fransiyaning «Marsel» singari nomdor jamoalari mavjud.

Shuningdek MLS jamoalaridan bir nechtasi ham futbolchiga o‘z klubidan joy taklif qilgan. Xatto «Di Si Yunayted» jamoasi angiliyalik futbolchiga haftasiga 60 ming yevro maosh belgilangan shartnomani taklif qilgan.

Hozirda futbolchi bir qarorga kelganicha yo‘q. U shu haftaning oxirgi kunida o‘z qarorini e’lon qilishi kutilmoqda

«Spartak» yana bir hujumchini qo‘lga kiritmoqchi

Moska klubi yangi mavsum oldidan transferlarni amalga oshirishda davom etmoqda. «Spartak»ning navbatdagi nishoni o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida 30 ta gol kiritgan Mbaye Diane bo‘lib turibdi.

Turklar futbolchi uchun 12 million yevro so‘rashmoqda. Moskva klubi ilk rasmiy taklifida futbolchini 10 million evaziga qo‘lga kirtmoqchi ekanligni ma’lum qildi.

Tomonlar futbolchining narxi borasida muzokarlarni davom ettrimoqda. Agarda bu transfer amalga oshsa, Moskva klubi transfer tarixidagi rekordlar yangilanadi.
 Eslatib o‘tamiz, Moskva jamoasi yangi mavsum oldidan Gus Til, Anre Shyurrle, Ponse, Jordan Larsson singari futbolchilarni harid qildi.

«Tottenhem» uni sotib yubormoqchi

Londonning «Tottenhem» jamoasi Ndombelening transferidan so‘ng, bo‘shab qolgan g‘aznani to‘ldirish maqsadida Viktor Vanyamani sotuvga qo‘yishga qaror qildi.

Pochetinyo Vanyamaning hizmatlariga ortiq muhtoj emasligini va uni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligni rasman klub saytida e’lon qildi.

Hozirda 28 yoshlik futbolchining hizmatlariga «Galatasaray» qiziqish bildirmoqda. Tomonlar futbolchi uchun ilk muzokarlarni o‘tkazishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz Vanyama o‘tgan mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsada, o‘yinlarning atigi 4 tasini asosiy tarkibda boshlagan xolos.

«Real Madrid» hujumchisi boshqa klubga o‘tishga yaqin

“Hozirda «Qirollik klubi» hujumchisi Mariano Diaz boshqa klubga o‘tishga yaqin turibdi” – deb xabar tarqatmoqda  «Readfootball» nashri.

Unga ko‘ra Mariano Diaz bilan Ispaniyaning «Betis» jamoasi jiddiy qizib qolgan va futbolchini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. «Real Madrid» esa, o‘z futbolchisi sotib yuborishni istamoqda. Hozirda tomonlar futbolchining kelajgi borasidagi muzokarlarni davom ettirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mariaono Ronaldudan so‘ng, klubda 7-raqamda to‘p surayotgan edi. Jamoaga Eden Azar kelgach, undan bu raqam olib qo‘yildi. Shunga qaramasdan futbolchi Madridda qolib o‘z imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatishni reja qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:48, 13.08.2019.
O'qildi: 5976 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.