Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Poytaxtning 508 mahallalari orasida eng kuchli charm to‘p ustalari aniqlandi

Poytaxtning 508 mahallalari orasida eng kuchli charm to‘p ustalari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Respublikamiz bo‘ylab sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport targ‘iboti yo‘lida bir qator samarali dasturlar shakllantirilgan bo‘lib, ular yordamida aholining ko‘plab qatlamini ommaviy sportga jalb etishga muvaffaq bo‘linmoqda. Kecha poytaxtimizda an’anaviy “Charm to‘p” musobaqasining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

2 avgustda start olgan turnir Toshkent shahridagi 508 mahallaning futbolsevar yigitlari o‘rtasida tashkil etildi. Reglamentga ko‘ra, musobaqada 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlar o‘zaro bahs olib borishdi. Dastavval, mahalla, so‘ng tumanlararo miqyosda o‘tkazilgan chempionatda kecha poytaxtimizdagi Bektemir tumanining «Iqbol» va Yunusobod tumanidan kelgan «Otchopar» jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yinda Bektemir tumani yoshlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi to‘purar” hamda “Namunali jamoa” nominasiyalari bo‘yicha laureatlar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shu tariqa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning Respublika bosqichiga «Iqbol» jamoasi yo‘l oldi. «Charm to‘p» turnirining final bosqichi eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida o‘tkaziladi. E’tiboringizga final bahsi va taqdirlash marosimidan fotosuratlarni havola qilamiz:

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 14.08.2019.
O'qildi: 3195 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.