Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Davron Fayziyev: “Dinamo”ning maqsadi endi finalga chiqish”

Davron Fayziyev: “Dinamo”ning maqsadi endi finalga chiqish”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasidagi “Dinamo” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Davron Fayziyev o‘yin haqida to‘xtaldi.

- Bugungi uchrashuvda “Dinamo” ham, “Andijon” ham faqat g‘alaba uchun intildi. Raqiblarimiz “Andijon” jamoasi ham 90 daqiqa maydonda kurash olib borishdi. Yarim final yo‘llanmasi uchun bahs bitta uchrashuvdan iborat ekanligi bois, jamoalar ilk taymda ehtiyotkor, ikkinchi bo‘limda esa tavakkal qilishga majbur edim. Zero, uyda o‘ynayapmiz, gol urmasdan yutishni iloji yo‘q faqat va faqat oldinga borishimiz kerak edi va Bahodir Nasimov ikkita goli bilan zaxiradan tushib ishonchni oqladi. G‘alaba uchun butun jamoaga rahmat deyman.

O‘yin 90 daqiqa davom etdi va yigitlar oxirigacha kurashishdi. Muxlislarimiz ham “12-o‘yinchi” sifatida bizga katta kuch berishdi va yakunda yarim final yo‘llanmasini hal etdik.

Biz kubok bahslariga yilni boshidan jiddiy e’tibor qaratayapmiz, deya olaman. Endi yarim finalga chiqdik va bir qadamdan keyin finalga chiqishimiz mumkinligini yigitlarimiz ham to‘g‘ri tushunib turishibdi. Finalgacha bir qadam qolganda orqaga chekinish yo‘q. Oxirigacha kurashamiz. Shota Arveladze o‘tgan turda “Paxtakor”ning trebl qilish uchun kurashishi haqida aytdi. Shunga qaramay, biz ham kuchimizga ishonib, dastlab yarim finaldan o‘tishga intilamiz. Hozircha maqsadimiz finalga chiqish. Undan keyin nima bo‘lishi esa faqat Xudodan.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:12, 14.08.2019.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.