Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Irodasi toblanmagan futbolchi

Irodasi toblanmagan futbolchi

Baho:
+ | -

Futbol olamida o‘zining jangovarligi va metin irodasi evaziga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchilar yetarlicha topiladi. Xatto juda og‘ir jarohatladan so‘ng ham katta futbolga qaytgan ko‘plab kuchli futbolchilar haqida bundan avvalgi maqolalarda eslab o‘tgan edik. Bugun e’tiboringizga ana shunday futbolchilarning tamoman aksi bo‘lgan charp to‘p ustasi haqida bayon qilamiz.

Fabio Koentrao

Bu futbolchi o‘z vaqtida Madridning «Real» klubi e’tiborini o‘ziga torta oladigan darajada iqtidorli futbolchi edi. Uning qanotdagi tezkor harakatlari ko‘plab futbol muxlislari va mutaxassislarida juda iliq ta’surot uyg‘otar, futbolchining kelajagi porloq ekanligiga hech kimda shubha yo‘q edi…

Fabio Koentrao «Benfika» klubi safida juda yorqin o‘yinlari bilan tezda mashxur bo‘lib ketdi. Uning qanot bo‘ylab uyushtirgan reydlari, ajoyib uzatmalari futbol olamida katta tezlikda shuhrat qozondi.

Bu esa, o‘z navbatida unga bo‘lgan qiziqshni keskin oshirib yubordi. Futbolchi uchun o‘z vaqtida «Manchester Siti», «Valensiya», «Roma», «Ayaks» singari jamoalar kurash olib borgan bo‘lsada, yakunda Madrid super klubi uni ilib ketadi. «qirollik klubi» futbolchi uchun o‘sha davrlar o‘lchovi bo‘yicha katta summadagi maosh va uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi. Aynan shu faktor kelajakda futbolchining o‘sishdan to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas…

Futbolchi Madrid klubi safiga borib qo‘shilgach, o‘zi uchun muoliyaviy qulay shartnomaga ega bo‘ladi va tezda asosiy tarkibga kirib oladi.

Istalgan futbolchi bor-ki, o‘z kariyerasi davomida jarohatlarga duch keladi. Bunday tezkor sport turida futbolchi har qanday xolatga tayyor bo‘lishi va qiyinchilklarni sabr bilan yengib o‘tishi lozim.

Afsuski Koentrao u qadar qo‘rqinchli bo‘lmagan jarohatdan so‘ng, ruhan tushukun kayfiyatga tushib qoldi va u holatdan boshqa chiqib keta olmadi. Futbolchilar jarohatdan so‘ng, tezroq tuzalib safga qaytishga harakat qilsa, Fabio jarohatidan  so‘ng tubdan o‘zgarib qoladi. U jarohat olishdan cho‘chib maydonda harkat qila boshladi va bu uning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Koentrao ochiqchasiga qanotdagi kurashlarni boy bera boshladi va oqibatda Marsello asosiy tarkibdagi uning o‘rnini tortib oldi.

Portugaliyalik futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun sira kurash olib bormas, o‘zini zahirada juda yahshi his qila boshladi. Eng qizig‘I shundaki, 2015-yilda «Elche» klubiga qarshi bahsda, murabbiylar tomonidan maydonga tushishi so‘ralganida u bundan bosh tortadi. Shunda klub shifokori unga sog‘lig‘I tamoman tiklanganini aytsada, Fabio maydonga tushishdan bosh tortadi. U hammasiga yana jarohat olishdan cho‘chiganini vaj qilib ko‘rsatadi.

Keyinchalik «Real Madrid» uni «Monako» jamoasiga ijaraga berib yuboradi.  Portugaliyalik futbolchi Fransiyada oav bilan bo‘lgan suhbatda o‘zining og‘ir hayoti va o‘zi o‘ynagan klublardagi nohaqliklar haqida ochiqchasiga bayonot bera boshladi.

Aslida futbolchining yoshligi ko‘plab afrikalik super yulduz darjasiga chiqqan futbolchilar bilan solishtirganda ancha yahshiroq ekanligi hammaga ayon bo‘lsada, futbolchi o‘zi haqidagi ta’sirli voqealarni bayon qilishda davom etdi. Keyinchalik «Benfika»ning azaliy raqibi sanalagan «Sporting» klubi safiga borib qo‘shilgan futbolchi Portugaliyada ham katta shov-shuv ko‘tardi. O‘zi tarbiya topgan klub sanalmush «Benfika»dan boshqa Portugal klubida o‘ynamaslikka va’da bergan futbolchi, "Sporting” safiga o‘tishi bilan uni «Benfika»da qadrlashmagani haqida intervyu beradi.

Bu intervyu ham uni «Sporting» jamoasida uzoq qolishini ta’minlay olmadi. Futbolchi bir necha bor yakka kurashlardan qochgani bois ochiqchiga muxlislar tomononidan taniqdga uchraydi va boshqa klubga o‘tib ketishga majbur bo‘ladi.

Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Mundialda ishtirok etishi kutilgan futbolchilarning yakuniy ro‘yhatidan joy olgan futbolchi o‘z xohishi bilan ushbu ro‘yhatdan o‘chirib yuborishlarini talab qilaganiga nima deysiz?!

Portugaliyalik futbolchi vatan sharafini himoya qilishdan bosh tortadi va bunga juda og‘ir mavsum o‘tkazganini vaj qilib ko‘rsatadi. U bu mavzuga oydinlik kiritar ekan quyidagi so‘zlarni aytadi : «Men juda charchadim. Yakunlangan mavsum ko‘plab jarohat va muommolardan holi o‘tmadi. Men dam olishni istayman. O‘ylashimcha JCH bahslariga charchoqni his etib borishim noo‘rin. Men hordiq chiqarishim lozim.»

Vaholaniki, futbolchi mavsumning katta qismini zahirada o‘tkazgan edi. Hozirda 31 yoshni qarshi olgan futbolchi o‘sha mundialdan bosh tortgani bois portualiyalik muxslislar oldida o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘ydi. Hozirda o‘rtamiyona «Riu Avi» jamoasida to‘p surayotgan qahramonimiz  deyarli futbol muxsliarning yodidan ko‘tarilib ham ketdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Bir o‘ylab ko‘ring! Agarda futbolchi ichidagi qo‘rquvni yengib o‘tganida, o‘ziga bo‘lgan ishonchni so‘nggi soniyalarga qadar so‘ndirmaganida, futbol shohsupasidan tushib ketmaslik uchun ohirigacha kurashganida bormi?! Hozirda top klublardan birning ajralmas bo‘lagiga aylangan bo‘lar edi. Uning qobiliyati har doim atrofdagilarni hayron qoldirgan bo‘lsada, to‘liq namoyon bo‘lmay turib unutilib ketdi. U birorta klub muxlislari tomonidan «bizning» futbolchi deb atalmaydigan kam sonli futbolchilardan biri sifatida tarixda qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:52, 14.08.2019.
O'qildi: 3935 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.