Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Xitoylik investorlar «Navbahor»ga qiziqish bildirishmoqda

Xitoylik investorlar «Navbahor»ga qiziqish bildirishmoqda

Baho:
+1 | -

Ayni paytda Namangan viloyatida yangi zamonaviy binolar qad rostlamoqda. Ushbu qurilishlarda xorijiy kompaniya va investorlar ham faol ishtirok etishmoqda.

Shulardan biri Xitoyning “NAMANGAN QIANXING INVEST” MCHJ xorijiy kompaniyasidir. Ushbu kompaniya vakillari ayni kunlarda viloyatimizda qurilayotgan mehmonxona hamda boshqa qurilish inshootlariga investisiya kiritishmoqda.

Bugun ushbu kompaniya rahbari janob Chen Sing Fu boshchiligidagi bir guruh xitoylik investorlar Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov hamrohligida “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohga tashrif buyurishdi.

Xitoylik mehmonlarga tashrif davomida shuningdek, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Baxtiyor Isoqjonovich Usmonov, “Navbahor” PFK direktori Baxtiyor Meliyevich Boboyev, “Markaziy” o‘yingoh direktori Nabixon Abdug‘aniyev va “Navbahor” PFK xodimlari ham hamrohlik qilishdi.

Xitoylik investorlar tashrif davomida futbolchilarning kiyim almashtirish xonalari, sport zal, o‘yingoh maydoni bilan tanishishdi hamda “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Deyan Jurjevich, yordamchi murabbiylar — Sasha Klyaich va Mustafo Bayramov, shuningdek, “Navbahor” sardori Igor Golban, jamoa legionerlari – Aleksandr Kasyan hamda Ivan Solovyov bilan uchrashishdi.

Martabali mehmonlarga “Navbahor” yoshlar jamoasi futbolchilari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Shuningdek, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov ham xitoylik investorlarga “master-klass” namoyish etib berdi va martabali mehmonlar Shavkat Shokirjonovichning mahoratiga tan berib, uni olqishlashdi.     

Xitoylik investorlar viloyatning bosh jamoasi bo‘lmish “Navbahor” klubi haqida ma’lumotga ega ekanliklari, “Markaziy” o‘yingoh Xitoydagi uncha – buncha stadiondan qolishmasligi, maydon chimi ham a’lo darajada ekanligini ta’kidlab, jamoamizga qiziqish bildirishayotganligi, homiylik qilish istaklari borligini ta’kidlashdi.

Birinchi homiylik  ko‘magi sifatida janob Chen Sing Fu “Navbahor” vise-prezidenti Baxtiyor Usmonovga dastlabki mablag‘ni tuhfa qildi.

O‘z navbatida “Navbahor” PFK tomonidan martabali mehmonlarga jamoa murabbiylari hamda futbolchilarining imzolari qo‘yilgan to‘plar, klub logotipi tushirilgan futbolka, kepka va sharflar sovg‘a qilindi.     

Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalari yana davom etishiga kelishib olishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:52, 15.08.2019.
O'qildi: 10771 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.